KONVULEKS tabletka

DO`STLARGA ULASHING:

Konvuleks 300 tabletkasi
#Конвулекс 300 таблетка
?Dori shakli : tabletka
?Tarkibi ?
Valproat natriy moddasi
?Ta’siriga ko’ra ?
Sudorgiga qarshi vosita.
Epilepsiyaga qarshi , ya’ni tutqanoq kasalligida qabul qilinadi.
?QO’LLANILISHI ?
— Epilepsiya kasalligining rivojlanish bosqichida va epilepsiya kasalligida
— Epilepsiya kasalligi bor katta va kichiklarga buyuriladi
— Vesta va Lennoksa Gasto sindromlarida
— Bolalarda tutqanoq holatlarida , ya’ni bolalar epilepsiyasida buyuriladi .( bolalarda ko’pincha konvuleks siropini yoki 150 mg dozadagisini bergan ma’qul )
— Litiy moddasidan zaharlanganda qabul qilish mumkin
— Bolalarda tana a’zolarining pir pir uchishi kabi holatlarda qabul qilinadi.
?QO’LLASH USULI ?
Kattalar sutkasiga 2 tabletkagacha qabul qilishlari mumkin. Preparat chaynamasdan butunligicha suv bilan qabul qilinadi. Konvuleks ovqat vaqtida yoki ovqatlanib bo’lgach darrov qabul qilinadi.
Yosh bolalarga dozani kasallik holatiga qarab shifokor belgilaydi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Bosh og’rig’i ,bosh aylanishi
— Uyquchanlik
— Ko»ngil aynish va qusish
❌QO’LLASH MUMKINMAS ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda
— Jigar faoliyati o’tkir yetishmovchiligida
— Surunkali va o’tkir gepatitda
— Meda osti bezi faoliyati yaxshi bo’lmasa mumkinmas
— Porfiriyada
— Gemorragik diatez ( qon ketib to’xtashi qiyin kishilarda)
— Emizish davrida
— 20 kg dan kam vaznga ega bo’lgan bolalarga mumkinmas
— 3 yoshdan kichik bolalarga mumkinmas
— Jiddiy anemiyasi borlarga buyurish tavsiya qilinmaydi
— Buyrak faoliyati og’ir buzilganda
— Bosh miya og’ir kasalliklarida
— Organizmda oqsil kam bo’lganda
— Homiladorlikning birinchi 3 oyligida mumkinmas ( boshqa paytda shifokor tavsiyasi bilan qabul qilsa bo’ladi )
?ADMIN MASLAHATI ?
?Epilepsiyada qabul qilinadigan preparatlar sutkada bir xil vaqtlarda qabul qilish kerak. Masalan ertalab 8 00 da va kechki 19 00 da . Bu holat har kuni xuddi shunday rejimda davom etishi kerak . Bo’lmasa dori samarasi biz kutgandek bo’lmaydi. ( esda saqlang )
?Preparat 300 mg va 500 mg tabletka ko’rinishida .
150 mg , 300 mg va 500 mg kapsula ko’rinishida chiqadi.
Tomchi , sirop va ampula ko’rinishlarida chiqadi.
?Epilepsiyasi bor kishilar doim yonbosh holatda yotishlari kerak. Yostiq past bo’lishi kerak. Baland yostiqda yotish mumkinmas. Suyuq ovqatlar is’temol qilishlari kerak. Quyuq ovqatlarni kamaytirish kerak. Ko’p jismoniy mehnatdan charchash va asabbuzarlik holatlari mumkinmas.
?Bu kasallikda yana kaliyga boy mahsulotlar ( masalan banan ) va kalsiy ga boy (masalan tvorog , kalsiy preparatlri ) mahsulotlar yoki preparatlar qabul qilish kerak.
?Konvuleks ampulasini — faqat vena ichiga yuboriladi. Sekin yuborish kerak. Ampula dozasi va miqdorini shifokor belgilaydi ( esda saqlang).
?3 yoshdan kichik bolalarga konvuleks tomchi yoki siropi beriladi.
Yana bir gap, konvuleks preparati dozasini o’zboshimchalik qilib qabul qilmang. Bu kasallik holatiga qarab mutaxassis nevropatolog tomonidan doza taqsimlanadi. ( esda saqlang ).
?KONVULEKS KAPSULASI ?
——————————————————-
?KONVULEKS SIROPI ?
——————————————————
?KONVULEKS TOMCHI ?
——————————————————-?KONVULEKS AMPULASI ?
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий