Laktoza ko‘tara olmaslik sindromi

DO`STLARGA ULASHING:

Laktoza ko‘tara olmaslik sindromi — ichakning keng tarqalgan kasalligi

Laktoza — tabiiy shakar bo‘lib, sut va sut mahsulotlarida bo‘ladi.
Laktozani glyukoza va galaktozaga parchalovchi — laktaza fermenti yoshlikda yetarli miqdorda, ingichka ichakdan ishlab chiqariladi. Vaqt o‘tib, ko‘pchilikda laktaza fermentini yetishmovchiligi yoki butunlay ishlab chiqarilmasligi kuzatiladi, natijasida laktoza ko‘tara olmaslik sindromi rivojlanadi.

Ferment yetishmaganda hazm qilish tizimiga tushgan laktoza ingichka ichakda parchalanmasdan, to‘g‘ri yo‘g‘on ichakka tushadi va u yerdagi mikroorganizmlar tomonidan yog‘ kislotalari, karbonat angidrid, vodorod gazlarigacha parchalanadi. Aynan gazlar hosil bo‘lishi (metan hidi keladi), qorinni dam bo‘lishi, meteorizm — laktoza ko‘tara olmaslikni asosiy belgilari hisoblanadi.

Yechim: butunlay sut va sut mahsulotlaridan, glyutendan voz kechish kerak. Agar shundan keyin ham qorin dam bo‘lishi, meteorizm yo‘qolmasa, demak, boshqa sabablarni qidirish kerak.

Оставьте комментарий