Latif so’zlar

DO`STLARGA ULASHING:

Odam bolasi qulog’ining tuproqqa to’lishi azonni eshitib turib, unga ijobat qilmaslikdan yahshidir.
Abu Hurayra (r.a.)
Masjiddagi munofiq qafasdagi qush kabidir.
Nazzol ibn Sabra
Banda boshini yostiqqa qo’yganda Allohni zikr qilayotib uxlab qolsa, to uyg’ongunicha unga zokir deb yoziladi.
Ubaydulloh ibn Umayr
Jannat hurlarining mahri masjidni supurish va uni obod qilishdir
Hasan Basriy
Baxillarning baxili o’zining baxtli bo’lishiga baxillik qilgan kishidir. Zulmlarning kattasi esa, Allohga gunoh qilish bilan kishining o’z nafsiga zulm berishidir. Chunki kim gunoh qilsa, o’zini halok qilgan bo’ladi.
Abu Lays Samarqandiy
Pul shunday narsaki, qo’ldan ketmagunicha sohibiga foyda bermaydi.
Ali (r.a.)
Ehtiyot bo’l! Senda yo’q yahshiliklarni aytadigan kimsa senda yo’q yomonliklarni ham aytadi.
Vahb ibn Munabbah
Ne’matning zavol topishi uning qadriga yetmay, mensimaslikdan ko’ra kattaroq sabab yo’q.
Umar Ibn Hattob
Alloh taolo huddi rizqlarni taqsimlagani kabi muhabbatni ham taqsimlagan. Bularning barchasi Allohdandir. Bas, sizlar hasaddan saqlaninglar. Zero, uning davosi yo’qdir.
Fuzayl ibn Iyoz
Mo’min odam gunohlarini qulay – qulay deb turgan ulkan tog’dek, o’zini esa shu tog’ bosib qoladigan kishidek tasavvur qiladi. Fojir odam gunohlarini burni ustuga qo’ngan va qo’li bilan bunday qilsa (ya’ni, haydasa), yana uchib ketadigan pashshadek ko’radi.
Abdulloh ibn Ma’sud
Ilm talab qilgan kishining talabida jannat bo’ladi. Gunoh talab etgan odamning talabida do’zax bo’ladi.
Ali (r.a.)
Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatish.
Imom G’azzoliy
Uyatchang va mutakabbir kishi ilm o’rgana olmaydi.
Mujohid
Dunyoning g’ami qalbga zulmat. Oxiratning g’ami qalbga nurdir.
Usmon (r.a.) 
Qur’on amal qilishingiz uchun nozil bo’lgandir. Faqat o’qib yurishingiz uchun emas.
Ali ibn Fuzayl
Bir kishiga: “Allohdan qo’rq”, deyilganda, “Sen o’zingni bil”, deb javob qilsa, shu ish Alloh nazaridagi katta gunohlardan biridir.
Abdulloh ibn Mas’ud 
Kimki salafi solihiylarning siyratiga nazar solsa, o’zining kamchiliklarini ko’radi va odamlardan orqada qolganini anglaydi.
Alisher Navoiy
Ona haqqiga diqqatli bo’l! Uni boshingga ko’tar! Zero, onalar to’lg’oq mashaqqatini chekishni bo’yinlariga olmaganlarida chaqaloqlar dunyoga kelish uchun you’l topa olmas edilar.
Jaloliddin Rumiy
Jahannam kofirlarning masjididir. Chunki ular jahannamdagina Allohni eslaydilar, jahannamdagina Unga iltijo qiladilar.
Jaloliddin Rumiy
Ikki kishi dunyodan hasrat bilan o’tdi: biri – yig’di, emadi, ikkinchisi – bildi, qilmadi.
Sayfi Saroiy
Faqirlarga ko’p – ko’p sadaqa qiling. Bizga ma’lum bo’lgan rivoyatga ko’ra, namoz bandani yo’lning yarmiga etkazadi, ro’za eshikkacha olib boradi. Sadaqa esa, bandani Hukumdorning huzurigacha olib chiqadi.
Umar ibn Abdulaziz
Banda Alloh azza va jalladan ilmi miqdoricha qo’rqadi. Oxiratga bo’lgan rag’bati miqdoricha dunyoning o’tkinchi ziynatlaridan chetlashadi.
Fuzayl ibn Iyoz
Harom yeydigan odamning tana a’zolari xohlasa – xohlamasa, gunohga botaveradi, halol eydigan odamniki esa, toatga.
Abdulloh Tustariy
Bir millatda ishonchli kishilar kamaysa, dinini sotib dunyo yig’uvchilar ko’paysa, u millat orasida fitna ko’payadi.
Abdulloh ibn Mas’ud
Muhtojga bir tanga qarz berish ming tangani sadaqa qilishdan afzaldir.
Abdulloh ibn Muborak 
Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo’ladi.
Alisher Navoiy
Sadaqa berib, rizqingizni ko’paytiring, zakot berib, mol – mulkingizni asrang.
Ja’fari Sodiq
Kim Alloh taolodan qo’rqsa, uni biron narsa to’g’ri yo’ldan chalg’ita olmaydi. Ammo kimki Allohdan o’zgadan qo’rqsa, unga hech kim manfaat keltira olmaydi.
Fuzayl ibn Iyoz
Ko’zingizni hayotda kattaroq ochingki, o’lyotib hotirjam yumasiz.
Alouddin Bashar
Kimki Alloh azza va jallaga itoat etsa, unga boshqa banda qilgan gunoh zarar keltirmaydi. Kim Allohga ma’siyat qilsa, u bandaga boshqalar qilgan toat – ibodat foyda bermaydi.
Fuzayl ibn Iyoz
Imonsizlik oxirat sari ketishga emas, jannatga kirishga mone’dir.
Alouddin Bashar
Ilmni fursat bo’lganda o’rganaverish kerak. Chunki ilm zarur bo’lgan paytda fursat bo’lmaydi.
Gunoh qilish ilmning barakasini yo’qotadi, uni unutishga olib keladi.
Yaxshi odam bo’lish uchun ibodat qilishning o’zi kifoya emas, balki yaxshi qalbli , yomonlarni yomon ko’ruvchi bo’lishi kerak.
Bir millatda ishonchli kishilar ozaysa, dininini sotib dunyo yig’uvchilar ko’paysa, u millat orasida fitna bolalaydi.
Bugun sizlar havoyi nafslar ilmga tobe’ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoiy narsalarga tobe’ bo’ladi.
Abdulloh ibn Mas’ud
Odamlar seni maqtamasliklarining sen uchun zarari yo’q. Shuningdek, agar sen Alloh dargohida mahmud (maqtalgan) bo’lsang, odamlar qoshingda mazmum (mazammat qilingan) bo’lishining hech ham zarari yo’q.
Fuzayl ibn Iyoz
Kimki nafsini shahvatdan, ko’zini haromlarga boqishdan saqlasa, botinini doimiy murohaba bilan ta’mir qilsa va zohirini sunnatbilan bezasa, uning farosati xato qilmaydi.
Alisher Navoiy
Ilmning hammasi dunyodir. Oxirat esa, unga amal qilishdir. Ixlos bilan qilinganidan boshqa hamma amal behudadir.
Sahl Tustariy
Dunyo bir daraxtga o’xshaydi. Biz esa, shu daraxtning yarim pishgan, yarmi hom mevalari kabimiz.
J. Rumiy
Odamlar orasidagi zuhd ularning sen haqingda aytilgan maqtovlarni hushlamasliging hamda mazammat va yomonlashlariga e’tibor bermasligingdir.
Fuzayl ibn Iyoz
Kim Allohdan qo’rqsa, Alloh barchani undan qo’rqadigan qilib qo’yadi. Kim Allohdan qo’rqmasa, hamma narsadan qo’rqadigan bo’ladi.
Umar ibn Abdulaziz
Ixlos va iqtidosiz amal xuddi qopini qumga to’ldirib olib ketayotgan va foyda olmayotgan musofirga o’xshaydi.
Ibn Qayyum
Amallarning afzali farzlarni ado etmoq, Alloh harom qilgan ishlardan taqvo qilmoq va Alloh taolo huzuridagi narsalar hususida niyatni holis qilmoqdir.
Umar ibn Xattob
Banda toki boshiga tushgan musibatni ne’mat, to’kinchilikni musibat sanamagunicha hamda dunyo ne’matlaridan kim foydalanishiga parvo qilmagunicha va Allohga ibodat qilgan bandalarni yaxshi ko’rmagunicha iymon haqiqatiga yeta olmaydi.
Fuzayl ibn Iyoz
Kim kasbi chroyli va pok bo’lishini xohlasa, beshta ishdan saqlansin:
1. Kasbi sababidan Allohning farzlaridan birontasini kamaytirmasin, qisqartirmasin ham.
2. Kasbi sababidan Allohning mahluqlaridan birontasiga aziyat etkazmasin.
3. Kasbi orqali o’zining va oilasining iffatini qasd etsin, mol to’plash va ko’paytirishni emas.
4. Kasbga qattiq jahd qilmasin.
5. Rizqini kasbidan emas, Allohdan deb bilsin, kasbini esa sabab ko’rsin.
Abu Lays Samarqandiy
Dunyoning g’ami qalbga zulmat. Oxiratning g’ami qalbga nurdir.
Usmon (r.a)
Ilmning avvali sukut, so’ng eshitish, so’ng yod olish, so’ng amal qilish, so’ng uni tarqatishdir.
Imom G’azzoliy
Alloh taolo bandasiga so’ramagan narsasini bersayu, u rad qilsa, Alloh bandani rad etganiga monand boshqa bir narsaga muhtoj etib, uni tilovchi qilib qo’yadi.
Alisher Navoiy
Banda salomatlik chog’ida havf rajodan afzaldir. O’lim yaqinlashgan vaqtda esa, rajo haxfdan afzal bo’ladi. Zero, agar banda sog’ – salomatlik paytida solih bo’lsa, o’lim oldida uning rajosi kuchayadi va Alloh haqidagi gumoni yxshi bo’ladi. Agar banda sog’ – salomatlik chog’ida yomon bo’lsa, o’lim arafasida gumoni yomonlashib, rajosi kamayadi.
Fuzayl ibn Iyoz
Har narsaning zangi bor. Ko’ngil zangi ko’p yomondir. Ko’p yeganga olti balo yopishadi:
1.    O’qigan namozining ta’siri bo’lmaydi
2.    Xotirasi susayadi
3.    Berahm bo’ladi, binobarin, o’zi to’q bo’lgani sabab, o’zgalarni ham to’q sanaydi.
4.    Ibodatlarga dangasalik qiladi
5.    Shahvati ustun keladi
Musulmonlar masjidga borayotganda u hojatga shoshiladi.
Sulaymon Doroniy
Duo qabul bo’lishining olti sharti bor. Ular:
—    tazarru’;
—    halol luqma;
—    rajo (umid);
—    duoda davomiylik;
—    xushu’;
—    duoni umumiy qilish.
Sahl Tustariy
Kimki Alloh azza va jalla bilan sidq ila muomalada bo’lsa, Alloh azza va jalla unga hikmat ne’matini ato etadi.
Fuzayl ibn Iyoz
Ey azamat, yoshliging seni aldab qo’ymasin! Qanchadan – qancha yoshlar borki, tavbani orqaga suradilar; yomon fe’llarini yaxshi fe’llarga aylantirmaydilar. Hoyu-havasga beriladilar; o’limni unutadilar. “Erta-indin tavba qilarman, yomon fe’llarimdan voz kecharman”, — deydilar. Lekin shu tariqa g’aflat ichida o’ralashib yurarkan, kutilmaganda o’lim farishtasi keladi va u o’zini lahatda ko’radi.
Mansur ibn Ammor
Barcha yahshiliklar uyning ichkarisida, uning kaliti tavoze’dir. Barcha yomonliklar ham uyning ichkarisida, uning kaliti esa takabburlikdir.
Alisher Navoiy
Men qancha do’stlarni ko’rdim, lekin tilni saqlashdan afzalroq do’st ko’rmadim.
Qancha – qancha liboslarni ko’rdim, lekin taqvo libosidan afzal libos ko’rmadim.
Ne – ne mollarni ko’rdim, lekin qanoatdan afzal molni ko’rmadim.
Qancha yaxshiliklarni ko’rdim, lekin nasihatdan afzalroq yaxshilikni ko’rmadim.
Qanchadan – qancha taomlarni ko’rdim, lekin sabrdan lazzatliroq taomni ko’rmadim,
Hazrati Umar r.a.
Kimki o’zining nazarida xor ko’rinsa, Alloh taolo uning darajasini baland qiladi va kimki o’ziga o’zi ulug’ ko’rinsa, Alloh taolo uni bandalarining nazarida hor qilib ko’rsatadi.
Alisher Navoiy

islom.ziyouz.com

Оставьте комментарий