Millionerlarning 9 umumiy xislatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Har birimizda millionerlar haqida shaxsiy fikrimiz bor. Ba’zilarning fikricha muvaffaqiyat cho’qqisiga erishish vaziyat taqozosi bilan tasodifan sodir bo’ladi. Boshqalar esa millionerlarni butunlay boshqa olamda tasavvur qiladilar va ularni afsonaviy qahramon sifatida ko’radilar. Albatta, har bir millionerning o’z tarixi va sirlari bor. Lekin qandaydir umumiy jihatlarni ularning barchasida ko’rish mumkin.

Millioner qanday ishlashni biladi va uni sevadi

Spectrem agentligining o’tkazgan so’rovi natijalariga ko’ra 94% millionerlar muvaffaqiyat siri aynan qattiq mehnatda deb biladilar. Bu sarmoyaning qaysi turda bo’lishidan qat’iy nazar, barchasiga birdek tegishli. Shunday ekan, oldingizga ulkan marralarni qo’ygan bo’lsangiz, avvalambor yengni baland shimarishga to’g’ri keladi.

Millionerlar o’zlarini o’zlari yaratganlar

Boylikni ota bobolaridan meros qilib olgan millionerlar soni bugungi kunda 18% ni tashkil etadi, va bu ko‘rsatkich yildan yilga kamayib bormoqda. Ko’plab millionerlar barchasini eng pastdan boshlaganlar va ko’plari bazo‘r kun ko’ruvchi oilada dunyoga kelganlar. Bu shuni anglatadiki, qanchalik noqulay holatda ish boshlamasin, har qanday odam o’z maqsadlariga erishishi mumkin.

Millionerlar bilimlarini boshqalardan ayamaydilar

Ko’pchilik o’ylaydiki millionerlar qandaydir muhim bir sirni bilishadi va uni barchadan berkitib kelishadi. Zinhor unday emas, barcha boy insonlar maslahat berishni va yo’l-yo’riq ko’rsatishni yaxshi ko’radilar. Robert Kiosaki “Nima uchun biz sizning boy bo’lishingizni xohlaymiz” kitobida shunday falsafani ilgari suradi:  Shunday ekan millionerlarning gaplariga quloq tuting, ular haqiqatni aytishadi.

Millionerlar faqat bir sohada mukammaldirlar

Millionerlar bir sohada chegaralanib qolgan demoqchi emasmiz. Ular shunchaki bir maqsadga diqqatni jamlay oladilar. Bir vaqtning o’zida bir necha sohalarda ulkan cho’qqilarni zabt etib bo’lmasligini ular yaxshi biladilar va hayotlarini eng sevgan mashg’ulotlariga bag’ishlaydilar. Ulkan marralarga erishmoqchi bo’lsangiz, kuchingizni turli tomonga bo’lishga urinmang.

Millionerlarning daromad manbalari bir qancha

Millionerlar asosiy diqqatlarini bir ishga qaratsalarda, bu ularning bir nechta manbadan daromad ko’rishlariga hech ham to’sqinlik qilmaydi. Kompaniya gullab yashnashi uchun bir qancha yo’nalishlarni qamrab olishi lozimligini ular yaxshi biladilar. Har qanday iqtisodiy to’fonlarda omon qolish uchun Millionerlar har doim ish sohalarini kengaytirishga, mahsulot turlarini ko’paytirishga va yangidan-yangi bozorlarni zabt etishga harakat qiladilar.

Millionerlar ta’limning qadriga yetadilar

Ayrim millionerlar oliy ma’lumotli bo’lmay turib muvaffaqiyatga erishganliklari hech kimga sir emas. Lekin bu mutlaq istisnodir. Asosan bilim muvaffaqiyatning kaliti ekanligini barcha millionerlar birdek ta’kidlaydilar. Rivojlanish davrida biror bilimni o’tkazib yuborgan bo’lishlari mumkin, ammo keyinchalik albatta uni o’zlashtirib olganliklarini aytadilar. Chin dildan o’qib o’rganish barcha millionerlarning eng asosiy xarakterli tomonidir.

Millionerlar o’zlarini boy hisoblamaydilar

Millionerlarning hech biri eng boy odam bo’lishni oldilariga maqsad qilib qo’ymaganlar. Pul ular uchun sevimli ishlari bilan shug’ullanishlarida bir vosita xolos. Yoki bonus! Ular birinchi navbatda mukammal mahsulot yaratishni, o’lmas asar yozishni yoki yangi g’oya yaratishni o’ylaydilar, boylikka erishish esa ikkinchi o’rinda.

Millionerlar boy ko’rinishga urinmaydilar

Barchaning ko’zini yal-yal yondirish yoki so’nggi rusumdagi mashinada o’zini ko’z-ko’z qilish osongina boyib qolgan “yangi boy”larning ishi, aslo haqiqiy millionerlarning emas. Haqiqiy boylar bunday oliftagarchilikka mutlaqo befarqlar. Ular asosiy diqqatlarini biznes yoki o’z ishlariga qaratganliklaridan g’ijim shimlari haqida atrofdagilarning gap-so’zlariga e’tibor berishga ham vaqtlari yo’q.

Millionerlar yolg’iz ishlamaydilar

Ko’plab millionerlar mustaqil va komil insonlardir. Lekin bu aslo ular muvaffaqiyatga yolg’iz erishganlar degani emas. Aksincha ular yangi do’stlar bilan tanishish, tanishlardan foydalanish, o’z atrofiga kerakli insonlarni to’plash qobiliyatiga egalar. Biror ishni hal qilishga ko’zlari yetmagan taqdirda, ular bajonidil mutaxassisga murojaat qiladilar. Shunday ekan, avvalambor odamlar bilan muloqot qilishni o’rganing.

Bugun dunyoning turli chekkalarida millionlab millionerlar bor. Ular turli jabhalarda muvaffaqiyatga erishgan turli odamlardir. Bu turfa xillikka qaramay ularning ko’pchiligi sanab o’tilgan ushbu umumiy xarakterlarga egalar. O’zingizda shu xislatlarni rivojlantiring va siz ham ular qatorida bo’lsangiz ajabmas.

17 комментариев к “Millionerlarning 9 umumiy xislatlari”

  1. Уведомление: trực tiếp boóng đá hôm nay

  2. Уведомление: rent a scooter in honolulu

  3. Уведомление: https://wifina.be/conditions-generales-record-credit/

  4. Уведомление: fullz cvv site

  5. Уведомление: big com wie läuft so ein webcam chat ab

  6. Уведомление: cvv hight balance

  7. Уведомление: DevOps Development company

  8. Уведомление: buy psilocybin mushrooms united states

  9. Уведомление: old whiskey for sale

  10. Уведомление: เงินด่วน 30 นาที ถูกกฎหมาย

  11. Уведомление: What are Anabolic Steroids

  12. Уведомление: Discover More Here

  13. Уведомление: punch bars box

  14. Уведомление: navigate to this website

  15. Уведомление: facebook videos download

  16. Уведомление: สล็อต

  17. Уведомление: 티비위키

Комментарии закрыты.