Misr-fakt

DO`STLARGA ULASHING:

Misr-fakt
1. Qadimiy Misr podsholigi olti ming yil oldin paydo bo’lgan.
2. Qadimiy Misrda kosmetikadan nafaqat ayollar, balki erkaklar ham foydalangan. Ular yuzini quyosh nuri ta’siridan asrash maqsadida kosmetik mahsulotlarga murojaat etishardi. Hozir ham Misr erkaklari ayollar kosmetikasidan foydalanishadi.
3. Qadimiy Misr bolalari to o’smir yoshiga yetmaguncha kiyimsiz yurishgan. Sochlarini qirib, faqat ikki yonida kokillar qoldirishardi.
4. Ayollari erkaklar bilan teng huquqqa ega bo’lgan. Garchi faqat uyda ro’zg’or ishlari bilan band bo’lishsa-da, huhuqiy jihatdan ayollarni chegaralashmasdi.
5. Aynan Qadimiy Misrda birinchi bo’lib nikoh shartnomasi o’ylab topilgan. Unda er-xotin ajrashsa, mol-mulk qanday bo’linishi haqidagi bandlar mavjud bo’lgan.
6. Mashhur Misr ehromlarini qullar emas, balki professional ustalar bunyod etgan.
7. Qadimiy Misrda yostiq ichiga qush patlari emas, mayda tosh solinardi.
8. Qadimiy Misrdagi mashhur va boobro’ shaxslar orasida begonalardan sochlarini berkitish urf hisoblangan.

Оставьте комментарий