Miya yarim sharlarimizni qanday rivojlantirsak bo‘ladi?…10+

DO`STLARGA ULASHING:

Biz xotiramizni, diqqatimizni, intellektimizni, tanamizni rivojlantirishga urinamiz. Ammo nima uchundir ko‘pchilik miyaning o‘ziga e’tibor qilmaydi. Vaholanki, ko‘p hollarda rivojlanishning barchasi shu miyaga bog‘liq.

Miya ikki qismdan tashkil topgan: chap va o‘ng. Ular turli vazifalarni bajarishadi. Shu bilan birgalikda kimningdir chap yarim shari, kimningdir esa o‘ng yarim shari, baxtli kishilarning esa ikkala yarim sharlari faol ishlaydi. Albatta, o‘z boyligini oxirigacha ishlatadiganlar doim g‘olib bo‘lishadi.

Chap yarim shar mantiqiy faoliyatda o‘ng miya yarim shar esa yangi g‘oyalar yaratishda ishlaydi. Biroq, chap miya yarim shari yaxshi rivojlangan matematik hech nima o‘ylab topolmasligi mumkin. Bunga uning o‘ng yarim shari faol emasligi sabab. Yoki o‘ng miya yarim shari rivojlangan boshqa birov zo‘r g‘oyalar o‘ylab topib uni mantiqiy yechimini topolmasligi ham mumkin. Chunki, uning chap miya shari faol emas. Bunday insonlar uchrab turadilar. Ularga bir narsa: miya yarim sharlarini uyg‘unlik holatida ishlashini yaxshilash yetishmaydi.

Bu uchun psixofiziologlar allaqachon miya yarim sharlarini rivojlantirishning mashqlar tizimini ishlab chiqishgan. Bu borada musiqachilar yaxshiroqdirlar. Masalan, pianinochilar. Ularni yoshlikdan uyg‘unlikda o‘stirishadi. Chunki, miyani rivojlantirishning eng yaxshi vositasi bu qo‘llardir. Ikki qo‘lni ishlatib ikkala miya yarim sharni rivojlantirish va ularni faol ishlashini ta’minlash mumkin.

Qiziq fakt.

Geymerlarning intellekt darajasi olimlarnikidan yuqori bo‘lishi aniqlangan. Bunga sabab yuqorida aytganimizdek, ular kompyuter o‘yinlarini o‘ynashda ikkala qo‘lini ishlatishadi. Bu ularga ikkala miya yarim sharlari uyg‘unlikda ishlashiga olib keladi.

psixolog Sarvar Qaxxorov tayyorladi

pmt.uz

Оставьте комментарий