DO`STLARGA ULASHING:
Yangi yil haqida eng chiroyli sherlar.
Yangi yil — orzular, quvonch va yangilanish fasli!
Bu bayram har bir inson qalbida umid, mehr va baxt tuyg‘usini uyg‘otadi. Quyida siz uchun Yangi yil haqida eng chiroyli she’rlar to‘plami jamlandi. Ular maktab tadbirlari, bolalar chiqishlari yoki oilaviy bayram kechalarida o‘qish uchun juda mos.
Bu she’rlar orqali bolajonlarimiz Yangi yilni yanada quvonchli, kattalar esa mehrga to‘la satrlar bilan kutib olishadi.
Birinchi qor.
Mana senga olam olam qor,
Xovuchingga sikqancha ol, bor.
Ketaman deb kuydirma zinhor,
Hech bo’lmasa bahorgacha qol.
Kucha sovuq muzlab qolasan,
Biror dard orttirib olasan,
Issiq uyda issiq choy bilan,
Senga tutay novvot ila bol.
Shirin suhbat qurarmiz bunda,
Olov yoqib qaxraton kunda,
Qo’ng’illar ham cho’g’lanib shunday,
Balki bizga yor bo’lar iqbol.
Azoblaring jonimdan o’tar,
Kunglim bitta iliq soz kutar,
Qo’rqmaysanmi yoqangdan tutar,
Muhabbim topsa gar zavol.
Qaygularing qalbimni edi,
Yurakkinam bir seni dedi,
Uning aybi nimada edi,
Deb o’zingga berdingmi savol.
Ammo gapga quloq solmaysan,
Sira bilganingdan qolmaysan,
Dunyo kechib topa olmasan,
Menga o’xshash sodiq, navnixol.
Agar bo’lsa mexrim senga kam,
Kuzataman ko’zlarimda nam,
Mayli endi qaerda bo’lsa ham,
Yashasang bos sog’-omon, hushhol.
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon.
Archalar shoxida turar tillo zar ,
Yashil chiroqlarda bezandi shahar .
Mungligʻ darchalardan boqdingiz sahar ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon .
Yogʻyotgan qor kabi koʻnglingiz oqda ,
Bu yerda hammasi yolgʻonu soxta .
Chakkangiz chetida ochilgan paxta ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon .
Men yoʻq, qurum bosib yotar moʻrilar ,
Anori sochilib yotgan soʻrilar .
Bolam deb darvoza gʻamgin surilar,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon.
“Ketdik” der yuragim, sira koʻnmadi ,
Toʻrt fasl dilimda rayhon unmadi .
Bu yerda boʻronlar hali tinmadi ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon .
Bahorni sogʻindim ,kuzni angladim ,
Mehrli, mehrsiz yuzni angladim .
Musofir kunlarda Sizni angladim ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon.
Deysiz, sen kelguncha sira oʻlmayman ,
Tangri der, har kimni har kun qoʻllayman .
Siz uchun xayrli duo yoʻllayman, ,
Yangi yil muborak boʻlsin, onajon.
Yangi kunga, yangicha qadam.
Oʻtmishga, bogʻlangan, oʻtmishga,
Yetmishga, kirsa ham, yetmishga,
Ishonar, odamlar, mish-mishga,
Yangi kunga, yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.
Umrimiz befoyda ketmoqda,
Hech narsa qilmasdan oʻtmoqda,
Yoshimiz bir joyga yetmoqda,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.
Ginayu qudratni unutib,
Gʻamlarni bir chetga berkitib,
Olaylik endi bir oʻzgarib,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.
Yangi kunga, yangicha oʻzgarish,
Yangicha odatlar, bezanish,
Bu soʻzlar, bizlarga lek tanish,
Yangi kunga, yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.
Kulgudan charaqlab lovulab,
Ish boshla doʻstginam bir oʻylab,
Yurmagin hech qachon yuz burib,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.
Ginayu qudratni unutib,
Gʻamlarni bir chetga berkitib,
Olaylik doʻstlarim oʻzgarib,
Yangi kunga yangicha qadam.
Oʻzgarib olaylik doʻstginam.
Yangi yil haqida eng chiroyli sherlar.
Yangi yilni kutmay qoydim
Guldan bog’in ayro tutdi,
Yomon kuydim
Yolg’iz qoldim!
Eski yilim armon bo’lding
Yangi yilim keldi onamsiz
Dilda qoldi,
Tilda qoldi bir nido
Onajonim!
Onajonim!.
Yangi soat yangi yil deb bong urdi
Ruh tanadan jannat tomon yo’l oldi.
Ko’nglim esa…
Yangi yilim yomonsan,
Onam mendan olganinga
Uch yil bo’ldi,
Uch yil bo’ldi meni xo’rlab yuribsan.
Har yangi yil yurak tilinib
Tilda qoldi
Bir so’z bir nido
Eski yilni qoldim sog’inib.
Yangi yil haqida she’rlar.
Assalom yangi yil
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Xush kelibsan yangi yil
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Keldi yangi yil
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor.
Yalmog’iz kampir she’ri.
Man, man, man, man,
Man Yalmog’iz bo’laman.
Supurgimni minvolib,
Goh sayohat qilaman.
Yashayman men o’rmonda,
O’rmonda yey!
Dorilamon zanomda ,
Zamonda yey!
Yomonlarni qaqshatib,
Qaqshatib ey!
So’ng qilaman sharmanda,
Sharmanda yey!
Jazolash-chun har doim,
Shamol kabi yelaman.
Qanch xatlar borsa ham,
Bir yilda bir kelaman.
Lanchaki-yu yalqovni
Juda yomon ko’raman,
Supurgim omon bo’lsa,
Man jazolab turaman.
Darsdan qochsangiz agar,
Sira-sira kechirmam.
Qorbobo qopi.
Orqamda qopim katta,
Unda bordir, albatta.
Shirin kulcha, yong’oqlar,
Konfet-u o’yinchoqlar.
Ulashaman sizlarga,
Dono o’gil-qizlarga!
Yangi yil archasi.
Yangi yil archasiga
Bo`ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.
Yangi yil kechasi.
Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil.
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…
Yangi yil archasi.
Erkin Vohidov
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
Yangi yil she’ri.
Inson fe’li ajabdan ajab,
Yo‘qdir unga mezonsiz olam.
Yulduzlarni o‘lchar botmonlab,
Qarichlaydi cheksizlikni ham.
O‘zi ega, o‘zi qul mangu
O‘zi topgan aqidalarga,
Ne dey, hatto mangulikni u
Bo‘lib chiqqan daqiqalarga.
Daqiqadan soatlar yig‘ib,
Kunlar tuzib oy jam qiladi.
Yig‘lamaydi umr o‘tdi deb,
Yil o‘tdi deb bayram qiladi.
Ko‘paysa-da ajinlar harchand,
Oqarsa-da yillardan boshi,
Quvonadi — ko‘paydi farzand,
Sevinadi — ulg‘aydi yoshi.
Bu tuganmas orzu-havasda
Bor umidbaxsh imonga asos:
Inson o‘lmas.
Asta va asta
Boqiylikka o‘tadi, xolos.
Oppoq qushga o‘xshar yangi yil sheri.
Oppoq qushga o‘xshar yangi yil,
Qanotlari par kabi mayin.
Nelarnidir sog‘inar ko‘ngil,
Sog‘inch ortar yil o‘tgan sayin.
Uy to‘rida qadrdon archa,
Qadrdondir o‘yinchoqlar ham.
Faqat o‘zim bezagim kelar,
Qizg‘onaman uni hammadan.
Sog‘inaman bolaligimni,
Yuragimda armonlar xil-xil.
Bergim kelmas uni hech kimga.
Yangi 2025-yil haqida sher.
Orzular amalga oshsin birma bir
Tilayman barchaga sogʻlig-u sabr
Yoʻqolmasin hech sira oqibat, qadr
Ikkiming yigirma beshiinchi yilda
Gina, arazingiz bu yilda qolsin
Farzandlar ajoyib tarbiya olsin
Mehr-«muhabbatga» burkanib olsin
Ikkiming yigirma beshinchi yilda
Yoringiz yuzlari kulsin baxtidan
Sultoni tushmasin aslo taxtidan
Oʻrtoqlar uchrating faqat «mard»idan
Ikkiming yigirma beshinchi yilda
Ota-onangizga mehribon boʻling
Hamisha har doim yonida boʻling
Har yilgidan ham boshqacha boʻling
Ikkiming yigirma beshinchi yilda
Avvalo Allohga shukurlar aytib
Xato xayol,yomon soʻzlardan qaytib
Yozaylik ajoyib ash’orlar aytib
Ikkiming yigirma beshinchi yilda
Maqsadlar yoʻlida dadil qadamlar
Yuringiz hamisha aziz odamlar
Ijoding gullasin shoir desinlar
Ikkiming yigirma beshinchi yilda
Hammasi sizlarning koʻnglingiz uchun
Boʻlsinlar hamisha bagʻringiz butun
Yana she’r bitaylik yana siz uchun
Ikkiming yigirma beshinchi yilda
Yangi yilda kirib kelsa- boalar uchun sher.
Yangi yil kirib kelsa,
Shodlikka to‘lib kelsa.
Yasatamiz archamiz,
Baxt-iqbol kulib kelsa.
Qani, davra quraylik,
Quvnashaylik-o‘ynaylik.
Istiqlol bergan baxtni
Qo‘shiqlarda kuylaylik.
Qorbobo, hoy qorbobo,
Sog‘indik, keling bobo,
Yangi yil kirib kelsa,
Baxt-iqbol kulib kelsa.
Qorbobo qorqiz bilan,
Bizning bayramga keling.
Xaltangiz to‘la bizga,
Sovg‘a-salom keltiring.
Qani, davra quraylik,
Quvnashaylik-o‘ynaylik.
Istiqlol bergan baxtni
Qo‘shiqlarda kuylaylik.
Yangi yilga atab.
Ortda qolib borar laxzalar,
Аylanyabdi tarixga bu yil.
Oʼtgan kunga nazar solsak gar
Bir oz xira tortadi koʼngil.
Yil boʼldiki, taxlika fasli.
Oxiri yoʼq ox-u nidoning.
Yil emas biz insonlar asli,
Sinovida boʼldik Xudoning.
Koʼzlarimiz ochildi biroz,
Tavbalarga qadam tashlandi.
Insofini unutgan ham rost
Аlloh deya koʼzi yoshlandi.
Koʼp darslar oʼtdi ushbu yil.
Koʼp narsaning yetdik qadriga.
Goxi yigʼlab, gox koʼnikdi dil-
Shukr qilmoqlikni bariga.
Yetar endi bitdi safaring!
Аrzanda yil- xayr, yaxshi qol.
Tugashi rost boʼlsin xataring.
Ketganing hikmatdir ehtimol.
Yangi yilni kutib olamiz!
Ana o’tdi bir yil umrimiz
Shodon goho gamgin kunimiz
Charchatsada bor tashvishimiz,
O’tgan yilga siltab qo’llab-quvvatlaymiz,
Yangi yilni kutib olamiz!
Dengiz kabi oqamiz tiriq
Yo’limizda bo’lsada to’siq
Belimizdan ketsada quvvat,
O’tgan yilga siltab qo’llab-quvvatlaymiz,
Yangi yilni kutib olamiz!
Xayotimiz baxtimiz birla,
Yuzga qarab talpinib ketsin
Xargiz ayro birimizdan,
O’tgan yilga siltab qo’llab-quvvatlaymiz,
Yangi yilni kutib olamiz!
Tabriklayman yangi yil bilan.
Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo’lar barcha qayg’ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo’lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Birgalikda barcha azizlar;
Qo’shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg’alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;
Yana sizga shirin so’z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana Qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan!
Yangi yil kechasi sheri.
Salom, salom mehmonlar.
O’g’il qizu chaqqonlar,
Rosa g’ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz.
Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz,
Eski yilni muddati,
Tugab tarixga ketdi.
Yangi yil bo’lib men ham,
Kelish navbatim yetdi.
Ko’rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman,
Keldim sizga o’sgani,
Ko’p zafarlar quchgani.
Meni seving shu onda,
Siznikiman shu ondan.
Ota, ona, bobolar,
Ham mehribon momolar.
Menda g’ayrat qilurman,
Sur’atim oshirurlar,
Siz ham a’lo o’qingiz,
Bilimlarni o’qingiz,
Siz o’sibsiz bir yoshga,
Yurt kon bo’lsin non oshga!
O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!
Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.
Yangi yangi yangi yil!
Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!
Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.
Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!
Qish qo‘ynida muz bilan,
Qorda qolgan iz bilan,
Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!
Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil.
Qish fasli qor yoqqanda.
Tiniq suv shildir-shildir,
Muz tagidan oqqanda.
Chana uchgim keladir,
Qish fasli qor yoqqanda.
Qor ustidan chanalar,
Gʼiz-gʼiz uchar oʼq kabi.
Chunki oʼynab bolalar,
Qizib ketar choʼgʼ kabi.
Baʼzan qor boʼron oʼynab,
Quvlashib qor otamiz.
Qorqiz, qorbobo yasab,
Qish zavqini totamiz!
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Bu gal seni uzoqroq kutdim,
Yo‘llaringga mushtoq ko‘z tutdim,
Ba’zan shodlikni ham unutdim,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Tunlaring ham charog‘on bo‘lsin,
Har bir kuning farovon bo‘lsin.
Barcha quvnab sho‘h shodon bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Hamma yoqqa sochib oppoq qor,
Yer yuzini etgin beg‘ubor,
Erishmagan orzularim bor,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Eski yilda qolsin eski dard,
Olam ahli yayrasin xursand,
Kutilmagan o‘zingga monand
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Eski yildan mayli ginam yo‘q,
Unda topdim ibrat va yutuq,
Bir kami yo‘q, tugalu to‘liq
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Yaqinlarim qaddi tog‘ bo‘lsin,
Farzandlarim ko‘ngli chog‘ bo‘lsin,
Sog‘inganlarim ham sog‘ bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
Hafalik yarashmas, ranjimang Zinxor,
Shirin Tabbassumla ko’rsatib Viqor,
Ostonangiz uzra 4 fasl baxor,
Sayrasin shux qushlar, giryon Kapalak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak
Sizdanda eng baxtli inson bo’lmasin,
Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
Mexr muhabbatdan sira tolmasin
Ko’ksingizda urib turgan bu yurak;
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak
Qalbingizdan yiroq bo’lsin andux g’am,
Nogoh ko’zingizda ko’rmay sira nam,
O’zingizni asrang mening uchun ham
Xudoyberdidan bir samimiy tilak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.
Salom, salom yangi yil.
Davraga bizni to’plab,
Birlashtirar har yili.
Barchani o’rtoq qilib,
Sirlashtirar har yili.
Salom, salom yangi yil,
Yangi zamon belgisi.
Yangizafar, yangi shod,
Yangi hayot belgisi.
Prezident archasi,
Istiqlol tumorchasi.
Quvonchlarim bir jahon,
Yuragimiz parchasi.
Yangi yilga yetdik xudoga shukur.
Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat.
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Tinchgina diyorda, shodonu xurram.
Kutib olinmoqda yangi yil bayram.
Goxo xorib qoldik, goxida shaxdam.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.
Qor bilan kel yangi yil.
Tilaklarga quloq il,
Shamolday el yangi yil,
Quvonchlarga to’lsin dil,
Qor bilan kel yangi yil.
Esib mayin izg’irin,
Sochsin iforin, sirin,
Oh bu,lahzalar shirin,
Qor bilan kel yangi yil.
Orzu, umidlar oppoq,
Oppoq -dur,oppoq -munchok,
Oppoq bo’lsin hamma yo’q,
Qor bilan kel yangi yil.
Bosilib dardu, gubor,
Qalblar bo’lsin beg’ubor,
Pag’a-pag’a yog’sin qo’r,
Qor bilan kel yangi yil.
Ortda qolsin armonlar,
Sochimizda marjonlar,
Sevinsin bolajonlar,
Qor bilan kel yangi yil.
Kuzlarda soginchu,zor,
Mayin mungli,beozor,
Yuraklarga sanchil qor,
Qor bilan kel yangi yil.
Qishning ishi.
Qoyilman qish ishiga,
Zavq beradi kishiga.
Anhorni muzga qoplab,
Yaxmalak qildi boplab.
Faqat shuni bilmadim.
O’ylab, o’yga yetmadim.
Olamga oq libosni
Qanday qilib yopdiykin?
Buncha oq rang, oq nurni
Qanday qilib topdiykin?
Qish.
To‘rt fasllar aylanib,
Qish kelibdi yastanib.
Zamin oppoq o‘ramda,
Yumshoq, momiq gilamda.
Ko‘cha to‘la bolalar,
Uchar quvnab chanalar.
Yanoqlari zir qizil,
Lek yonmoqda qizib dil
Olam naqadar go‘zal,
Ertakdaman shu maxal.
Osmonlardan yog‘ar qor,
Atrofga sochib chiroy.
Tarnovda to‘p sumalak,
Qator-qator bir talak.
Mo‘ri, pechdan bo‘rillab,
Tutqun o‘ynar tarallab.
Mo‘jaz, sirlarga boysan,
Erka, to‘lingan oysan.
Kuch olar uxlab borliq,
Tanga bag‘ishlab xordiq.
Yangi yil kirib keldi!
O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!
Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.
Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!
Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.
Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!
Qish qo‘ynida muz bilan,
Qorda qolgan iz bilan,
Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!
Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil.
Ostonada turar yangi yil.
Dilga olam quvonch bog’ishlab,
Bizni sirli olamga boshlab.
Kimlarnidir ko’zini yoshlab,
OSTONADA TURAR YANGI YIL…
Zavq ulashib dildan barchaga,
She’r aytdirib, o’q quyonchaga.
Bezak taqib yana orqaga,
OSTONADA TURAR YANGI YIL…
Bolalikni qarshi sayohat,
Inson qolban oladi yo’l.
Ulashay deb kuch-quchoq baxt,
OSTONADA TURAR YANGI YIL!
Keldi yangi yil.
Hammayoqda shodlik kulgu,
Gul tabassum yuzlarda,
Urra yangi yil keldi-ku,
Quvonch nuri ko’zlarda.
Bezatilgan yashil archa,
Chiroqlar nur sochgan,
Osilgan shar qor parcha,
Atrof gul chiroy ochgan.
Ana Qorbobo Qorqiz,
Xursand barcha o’g’il qiz,
Kim qo’shiq,kim she’r aytar,
Sovg’alar olib qaytar.
Yangi yil bu nima.
Yangi yil bu nima,
Dedi kichik Nozima.
Javob berdi ustozimiz,
Yangi yil yangi orzumiz.
Eski yilni kuzatib,
Yangi yilni kutamiz,
Bo’yimiz biroz o’sib,
Bir yoshga kattaramiz.
Yangi yil bu Qorbobo,
Sovg’a olib keladi,
Qorqiz kelar marxabo,
Barcha shodon bo’ladi.
Yalmong’iz ham keladi,
Supurgisi qo’lida,
Biram qiziq bo’ladi,
Davra to’lib kulguga.
Yangi yil keltirgan shukux muborak.
Soniyalar yillarga tengdir ushbu on
Yangi yil, yangi kun, yana bir imkon
Do‘stlarim, bo‘linglar doimo shodon
Yangi yil keltirgan shukux muborak.
Orzular bir olam, ko‘ngilda tilak
Barcha murodiga yetmog‘i kerak
Bayramda aytilar bo‘lsa ne istak
Yangi yil keltirgan davron muborak.
Yana uyimizda bezalar archa
Qardoshlar yig‘ilar, keladi barcha
Ko‘ngilda qolmasin ginalar zarcha
Yangi yil keltirgan diydor muborak.
Yangi maqsadlarni dilga etib jo
Arazlar, ginalar, bo‘lmasin aslo
Baxtingiz so‘rayman xudodan illo
Yangi yil keltirgan baxtlar muborak.
Dalalar bezanar, libosi oppoq
Ko‘ngilda iliqlik, bayramdir o‘rtoq
Qutlashar yurakdan, qilishib ardoq
Yangi yil keltirgan xandon muborak!
Yangi yil kelyabdi do’stlarim!
Oshiqar ammayu holalar,
Yayraydi keksa yosh, bolalar,
yangi shoh navo yallalar,
yangi yil kelyabdi do’stlarim!
Qor yogʻmoqda osmonda uchib,
Guyo bizga erka kuchib,
Qish zavqini sezamiz jo’shib,
yangi yil kelyabdi do’stlarim
Oʻtgan yil tarixga qochyabdi,
Yangi kun iforin sochyabdi,
Yangi bir saxifa ochyabdi,
Yangi yil kelyabdi do’stlarim.!
Qish keldi ayozi chalar nay,
Bitsaydi tezroq kam kostlarim,
Ne uchun yurakdan quvonmay,
yangi yil kelyabdi do’stlarim.
Chertyabdi yurakning torini,
Eritib yurakning qorini,
Ayyamay sarflaymiz borini,
Yangi yil kelyabdi do’stlarim.
Kungilga tushirib xunik darz,
Zulmatda oʻtmasin kunlarim.
O’sha kun o’chmasin chiroq gaz,
Yangi yil kelyabdi do’stlarim.
Tinch bo’lsin osmonim ona yurt,
Baliqning yilidir yodda tut,
bundan boshlanglar taradud
Yangi yil kelyabdi do’stlarim.!
Yangi yiling yangi tongi muborak!
Yangi yiling yangi tongi muborak!
Umrning yana bir bongi muborak,
Qilaylik pokiza yangi bir tilak,
Yana bir kun yura etibti Xudo,
Yangi yiling yangi tongi muborak!
Urishdan tinmasin doimo yurak,
Qadrligim menga sizga kerak,
Diydorni chorasin yetqazdi Xudo!
Yangi yiling yangi tongi muborak!
Kungilda bir olam yigitdi istak,
Xil biriga yetamiz demak,
Axir bizga davom etmoqda!
Yangi yiling yangi tongi muborak!
