Musulmonlar eng koʼp yashaydigan davlatlar qaysi?

DO`STLARGA ULASHING:

Savol: Dunyoda musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlatlar qaysi? (Muxlisa)

 

Javob: Amerikaning Vashington ilmiy-tekshirish markazining ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Islom diniga e’tiqod qiluvchilar 1,6 milliard nafardan ortiq bo‘lib, sayyoramizning 23 foiz aholisini tashkil qiladi. Islom dunyoning 120 dan ortiq davlatida tarqalgan bo‘lib, 28 ta mamlakatning davlat dini hisoblanadi.
Musulmonlar eng ko‘p yashaydigan davlatlar:
1. Indoneziya – 221 million (umumiy aholining 88 %i).
2. Hindiston – 177 million (14 %)
3. Pokistan – 176 million (97 %)
4. Bangladesh – 144 million (89,7 %)
5. Nigeriya – 88 million (53 %)
6. Misr –  80 million (95%
7. Eron – 77 million (89 %)
8. Turkiya – 74 million (98 %)
9. Efiopiya – 46 million (52 %)
10. Jazoir – 36 million (99 %)
11. Sudan – 34 million (99 %)
12. Xitoy – 33 million (2,5 %)
13. Iroq – 32,8 million (97 %)
14. Marokash – 32,4 million (98 %)
15. Afg‘oniston – 30 million (99 %)
16. O‘zbekiston – 29,6 million (94 %)
17. Saudiya Arabistoni – 27 million (97 %)
18. Yaman – 25 million (99 %)
19. Tanzaniya – 23 million (50 %)
20. Suriya – 18,9 million (90 %)
21. Rossiya – 18,5 million (13 %)
22. Malayziya – 18,3 million (62 %)
23. Niger – 16,6 million (98 %)
24. Mali – 14,8 million (90 %)
25. Senegal – 12,6 million (95 %)
26. Qozog‘iston – 11,9 million (70 %)
27. Gana – 11,5 million (45 %)
28. Burkina-Faso – 10,8 million (61 %)
29. Keniya – 10,8 million (25 %)
30. Tunis – 10,5 million (98 %)
G‘arbiy Yevropada eng ko‘p musulmonlar yashaydigan davlat Frantsiyadir. Mamlakatda 5,4 million musulmonlar istiqomat qiladi (umumiy aholining 8,5 %i). Germaniyada 4,5 million (5,5 %), Buyuk Britaniyada 3 million (4,8 %) kishi Islomga e’tiqod qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2015 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatimiz aholisi 31,5 million kishini tashkil etadi. Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, Respublikamiz aholisining 94 foizi Islomga e’tiqod qiladi. Shunga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston Respublikasida 29,6 million musulmonlar istiqomat qilmoqda.

15 комментариев к “Musulmonlar eng koʼp yashaydigan davlatlar qaysi?”

  1. Уведомление: Pourquoi La Webcam Ne Fonctionne Pas Sur Cam4

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: sbo

  4. Уведомление: 이천자연눈썹

  5. Уведомление: forum dumps with pin

  6. Уведомление: website

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: where to buy psilocybin mushrooms

  9. Уведомление: Ufabet

  10. Уведомление: แทงบอล betclic88

  11. Уведомление: High 90s Disposable

  12. Уведомление: This Site

  13. Уведомление: บาคารา

  14. Уведомление: mushroom extracts for sale

  15. Уведомление: Compusi Organici Volatili (COV)

Комментарии закрыты.