Nazar Eshonqul (1962)

DO`STLARGA ULASHING:

Isteʼdodli yozuvchi Nazar Eshonqul 1962 yili Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi Tersota qishlogʻida tugʻildi. 1979 yili oʻrta maktabni tugatib, Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetida (1981–1986) hamda shu universitet aspiranturasida (1986–1991) tahsil oldi. Shundan keyin Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, “Yozuvchi” gazetasida, “Jahon adabiyoti” jurnalida ishladi. 1997 yildan buyon Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi.
Nasrimizning oʻtgan asr 80-90 yillaridagi yangilanish odatiy anʼanaviy yoʻldan birmuncha oʻzgacharoq kechdi, XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Gʻarbda paydo boʻlgan adabiy oqimga oʻxshash sifatlar namoyon boʻldi. Hozirgi nasrimizdagi mazkur ijodiy izlanishlar darhol adabiy jamoatchilik diqqatini tortdi. Bu hol oʻzbek nasrining tahlil hududi kengayib, tasvir qamrovining kengligi, tahlil maydoni, shakli, mazmuni, maqsadi borasida yangi-yangi jihatlarni namoyon etdi. Xususan, obʼyektiv olam, voqea-hodisalar tasviri, qahramon xatti-harakatlari, uni oʻrab turgan muhit va sharoit, zamon va makon endi toʻgʻridan-toʻgʻri badiiy toʻqimaga aylantirilmay, ularning inson tasavvuri, shuuriga taʼsiri, qahramonning unga ongli munosabati badiiyatga aylantirildi. Endi kitobxon qahramon bilan emas, balki uning tafakkuri bilan muloqotga kirishadigan, uning tafakkur jarayoni bilan bahslashadigan boʻldi.
Shu maʼnoda, Nazar Eshonqul oʻzbek nasriga, ayniqsa, hikoyachiligiga yangi ovoz, yangi ruh olib kirdi. U mana shu janrni Sharq va Gʻarb adabiyoti anʼanalari bilan uygʻunlashtirayotgan adiblardan biridir. Ilk asari – “Urush odamlari” qissasidan (1989) soʻng, “Ufq ortidagi quyosh”, “Maymun yetaklagan odam” (2004), “Shamolni tutib boʻlmaydi” (2005), “Momoqoʻshiq” (1991), “Yalpiz hidi” (1996), “Shaftoli guli” (2011) nomli kitoblari nashr qilingan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

9 комментариев к “Nazar Eshonqul (1962)”

  1. Уведомление: Nolabaums Model Cam Chaturbate

  2. Уведомление: oneup chocolate

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: passive income

  5. Уведомление: Alexa Nikolas nazi

  6. Уведомление: wonka bar edible 500mg

  7. Уведомление: Crypto Bonus Pokermatch

  8. Уведомление: สล็อตเว็บตรง

  9. Уведомление: sciences diyyala

Комментарии закрыты.