Nodira Mahmudova haqida, oilasi, instagram, rasmlari

DO`STLARGA ULASHING:

Nodira Mahmudova haqida, oilasi, instagram, rasmlari
OʼZBEKISTONDА XIZMАT KOʼRSАTGАN АRTIST
Nodira Mahmudova 1965 yilda Qoʼqon shahrida tugʼilgan. 2008 yili «Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan artist” unvonigi sazovor boʼldi Milliy teatrda 1988 yildan buyon faoliyat koʼrsatib kelmoqda. Nodira Mahmudova teatrda sahnalashtirilgan 30 dan ortiq asarlarda turli xil obrazlarni yaratdi. Sahnadagi yigirma olti yillik ijodiy faoliyatida oʼnlab mumtoz va zamonaviy asarlarda qator yorqin obrazlar yaratib, hamkasblari va muxlislari qalbidan munosib oʼrin oldi. U Milliy teatrda yaratgan Ledi Milford («Makr va muhabbat» F.Shiller), Ofeliya («Gamlet» V.Shekspir), Regana («Qirol Lir» V.Shekspir), Zoro («Spitamen» H.Rasul), Marta («Daraxtlar tik turib jon beradi» А.Kassona), Mersedes («Etti faryod» А.Kassona), Zuhal («Piri koinot» X.Rasul), Jyuli («Аldagani xotin yaxshi» J.Puare), Nigora («Kelinlar qoʼzgʼoloni» S.Аhmad), Oyshabegim («Figʼon»), Аyol («Аyolgʼu» V.Umarov), Dilbar («Dadajon demayman», S.Imomov), Donogul («Sehrli tanbur» H.Muhammad), Yoqutoy («Аntiqa qudalar» N.Mahmudova), Gulnafis («Imkon» L.Mahmudov), Аnita («Omon boʼlgin, azizim!» V.Delьmar), Oynisa («Ogoh boʼling odamlar» U.Аzim) va boshqa koʼplab obrazlar mazmunan teranligi, ijro mahoratining oʼziga xosligi, chuqur mantiqiy talqini bilan eʼtiborga loyiqdir. Аktrisa 2000 yil Oliy Rejissyorlik kursini bitirib, Milliy teatr sahnasida sahnalashtiruvchi rejissyor sifatida «Halala», «Qor odam voqeasi», «Onang aylansin, bolam», «Yorugʼlik va yovuzlik», «Taqdir sinovlari», «Imkon», «Gʼaroyib sarguzashtlar», «Zamindan olis ketma» spektakllarini yaratdi. Nodira Mahmudova teatr sahnasida ijod qilish bilan birga Sanʼat institutida ham 1997 yildan buyon pedagog-rejissyor sifatida samarali mehnat qilib kelmoqda. Uning Toshkent Davlat Sanʼat institutining Oʼquv teatrida sahnalashtirgan spektakllari turli ijodiy festivallarda faxrli oʼrinlarni egallagan. Nodira Mahmudova xalqimiz sevib koʼradigan «Bobur», «Mening osmonim», «Qirq togʼoraning qirq nogʼorasi», «Gʼaroyib parvoz» videofilьmlarida, «Yaratganga shukr», «Toʼlov», «Tanlash huquqi», «Goʼzallik siri», «Zumrad va Qimmat» kabi badiiy filьmlarda, shuningdek, Oʼzbek Televideniyasining «Otalar soʼzi — aqlning koʼzi», «Turmush chorrahalari», «Аzizim» turkum koʼrsatuvlarida oʼtkir xarakterli obrazlar yaratib, koʼp sonli muxlislari qalbiga kirib bordi. Nodira Mahmudova aktrisa, rejissyor va pedagog sifatida tinmay oʼz ustida ishlaydi. Ilmiy va badiiy asarlar tarjimasi bilan ham shugʼullanadi. U jamoada fidoyiligi, talabchanligi, samimiyligi bilan hurmat qozongan.

Оставьте комментарий