DO`STLARGA ULASHING:
NOGIRONLIK PЕNSIYASI
⚡️SAVOL;
Nogironlik pensiyasi kimlarga tayinlanadi ?
⚡️JAVOB;
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi qonunning 15-moddasiga ko‘ra, nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilganlarga tayinlanadi.
? Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan Nizom asosida ishlovchi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan aniqlanadi.