Non aziz tadbir senariysi

DO`STLARGA ULASHING:

Non aziz
“Non aziz” mavzusidagi tadbirni o’tkazishdan 7 – 10 kun ilgari bug’doy undirib qo’yiladi. Ko’m – ko’k maysa hosil bo’ladi. Xona bayramona bezatiladi.  Non haqida  shiorlar osiladi. Stol ustida bug’doy boshog’i, maysasi, turli xildagi non namunalari. Turli xil pishirilgan narsalar (somsa, varaqi, chuchvara va hokazo).
Bayramga ota – onalar, ustoz o’qituvchilar taklif etilgan. Ishtirok etuvchi bolalar milliy kiyimlarga yasanib olishgan.
Magnitafonda: tadbir “Non nashidasi” ashulasini aytish bilan boshlanadi.
1 – o’quvchi:
Chin fazilat topdi,
Dehqon non bilan,
Dilda shodlik, belda darmon
Non bilan
Siylarkan barcha mehmon
Non bilan
Ahli inson surdi davron
Non bilan
O’qituvchi:                                              
Bolalar mana hoziq tinglangan she’rdan ko’rinib turibdi – ki, bugungi tarbiyaviy soatimiz dasturxonimiz ziynati bo’lgan non haqida boradi.
2 – o’quvchi:
Bugun bizda tantana
Shodiyona bugun.
Non haquda eslaylik
So’ylaylik bugun
3 – o’quvchi:
Tarbiyaviy soatdan
Ko’p tarbiya olamiz
Bugungisin nomini,
“Non aziz” deb olamiz.
 
O’qituvchi:         Xalq mehnatining eng ajoyib namunalaridan biri nondir. U – hayotning asosi, inson aqlu, zakovati va ijodkorligining samarasi, odamlar uchun kundalik oziq, mamlakat boyligi, tinchlik va farovonligining ramzi hisoblanadi.
4 – o’quvchi:
Non – shu uch harfdan iborat bo’lgan so’zda qanchalar ma’no bor. Non – bu hayot, non – bu mo’l – ko’lchilikdir. Dunyo – dunyo bo’lib non ko’ngilga tekkanmikan. Albatta, yo’q, bunday odamning bo’lishi ham mumkin emas. Nega desangiz, non barcha ne’matlar ichida eng xushxo’ri, kishi uchun eng kerakli mahsulotdir.
5 – o’quvchi:
Non haqida o’ylasam,
O’yim tamom bo’lmaydi.
Siz ham o’ylang bolalar
Lekin yomon bo’lmaydi.
 6 – o’quvchi:
Har kun – har yerda
Insonga do’st qadrdon,
Non qadrini bilamiz,
Hammamiz ham yoshlikdan.
7 – o’quvchi:
Non – tinch turmush, mo’llik,
To’y – u havas, non bilan,
Non haqida so’z borsa
Eshitaman jon bilan.
O’qituvchi:
         Kimki non va mehnat nimaligini bilmasa, o’z xalqining farzandi bo’la olmaydi. Peshona teri va charchashni his qilmagan kishi, nonning qadriga yetmaydi. Chunki non – zahmatkash dehqonlar jasorati va minglarcha ishchilarning mahorati tufayli bunyod bo’ladi. Non mahsulotlarini ko’paytirish uchun kurashda faqat dehqonlar emas, balki olimlar ham xalq xo’jaligining turli sohalaridagi son – sanoqsiz mehnatkashlar ishtirok etadilar. Har bir bug’doy doni tegirmonda un bo’lguncha 15 km yo’ldan aylanib chiqishi kerak ekan. Mana shu bitta batonga 10 000 ta bug’doy doni sarflanar ekan. Nonni tayyorlashda unni elash, xamir qorish va bunda tuz, xamirturush, sut, shakar solinib pishiriladi. Mana shu ishlar hammasi mashinalar yordamida bajariladi. Aholiga non yetkazib bersih qanchalik bilim, kuch, quvvat, vaqt talab qiladi. Non! Shu non bizlar dasturxonimizga kelguncha, ushatulguncha qanchadan qancha mehnatkash qo’lidan o’tadi. Shuning uchun ham shunchalar shirin, shunchalar  tabarrukdir.
8 – o’quvchi:
Mehnat lazzatini surmoqda Vatan.
To’kinlik rizqi deb yozamiz dasturxon
Ota – bobolarning odatin qilib
Hatto, ushog’ini e’zozlaylik har on.
O’qituvchi:
         Mana, bolalr, yaqinda 3 – non zavodiga borib, u yerda nonni pishirilishini o’z ko’zingiz bilan ko’rdingiz. Qani bolalar non qanday tayyorlanar ekan? Kim aytadi?
9 – o’quvchi:
         Bug’doy uni saralanadi, quritiladi, haydalgan yerga seyalka bug’doyni ekadilar. Dehqonlarimiz tinmay mehnat qiladilar. Bug’doy mana bunday o’sa boshlaydi (undirilgan bug’doy ko’rsatiladi) Keyin gullab boshoq tugadi va mana bunday oltin kabi yetiladi. So’ngra un qilinadi. Qoplanadi va un zavodlariga yuboriladi. U yerda nonvoylarimiz non yopadilar. Yopilgan nonlarni biz hali shirin uyqumizda yotgan paytimizda mashinalarda magazinlarga tarqatiladi.
O’qituvchi:
Mana qarang bolalar qancha mehnat sarflanar ekan. Siz yaxshi niyat bilan juda ko’p mehnat natijasida tayyorlangan nonlarning isrof bo’lib partalar ostida, hatto ko’chalarda yerga tushib, uvol bo’lib yotishiga qanday qaraysiz?
(Bolalar o’z fikrlarini aytadilar)
    10 –o’quvchi:
Qadoq qo’lli dehqonlar
Terlar to’kib ekishgan
Shu sababdan har boshoq
Oltin bo’lib yetishgan
O’qituvchi:
         Uzoq safarga yoki Armiya safida xizmat qilish uchun jo’nayotgan kishilarga, akalarimizga non tishlatib qolinadi. Bu kelib rizqingni o’zing yegin, degan ma’noni bildiradi. Tishlangan non go’yoki umid – tayanchi. Bizning xalqimiz nonni shunday ulug’laydi.
11 – o’quvchi:
Xirmon to’lsa dalaga
Shudir chin g’alaba
Yuzlar yorug’ mehmonga
Ro’zg’or mo’ldir osh nonga
12 – o’quvchi:
Har narsa inson uchun
Vijdon uchun, shon uchun.
Ikki so‘z – nonu inson
Mazmuni bor bir jahon.
    13 – o’quvchi:
Inson nonni yaratar
Non insonni yashnatar
Non shu ko’ngilga tegmas
Eng aziz, eng muqaddas.
14 – o’quvchi:
Har uyda xizmati,
Yasha aziz g’allakor
Oppoq nonning hurmati
G’alla yurtning qudrati
O’qituvchi:  Dasturxon deganda ko’z oldimizga ne’matdan oldin non, tabarruk non keladi. Dasturxonga qancha narsa qo’yilmasin: turli konfetlar, olma – uzumlar, har xil ovqatlar, somsalar quyilsa, lekin non qo’yilmasa, bunday dasturxon foydali, zarur dasturxon bo’lmaydi.
Magnitafonda:
Donolarda shunday gap bor. Aytishlaricha bir olimdan non ulug’mi, yoki kitob ulug’mi deb so’rabdilar. U kitob ulug’ deb javob beribdi. Kunlar o’tibdi, o’sha odam och qolibdi, madori qolmabdi. So’ngra nima qilishini bilmay kitobiga non almashib yebdi. Bu gap bekorga aytilmagan, chunki non bu hayotdir.
Ashula: Non nashidasi
O’quvchilar non haqida maqollar aytadi.
Keksa –yu yosh shu non deb
Ter to’kishar o’ylasak
Kim nima der biz uni
Xo’rlab otib o’ynasak
Har bir kichik ushoq ham
Non, hech to’kib sochmaylik,
Non shirinlik, non – hayot,
Tugamas baxt va boylik
O’qituvchi:
Katta qiyinchiliklar evaziga yetishtirilgan nonni isrof qilmasdan uni avaylab – ardoqlashimiz kerak ekan. Dasturxonimizning to’kin – sochinligi va hayotimizning farovonligi hammasi mehnatkash dehqonlarimiz tufaylidir. Shu bilan “Non aziz” mavzusidagi tarbiyaviy soatimizni yakunlaymiz

Оставьте комментарий