Nonli “lavash”

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur mahsulotlar: 6 bo‘lak baton non, 100 gr. go‘sht, 100 gr. pishloq, 35 gr. tomat sousi, 2 dona tuxum, 1 stakan qotgan non, o‘simlik yog‘i, tuz va ziravorlar.
Tayyorlanishi: go‘sht suvda pishirib olinib, bo‘laklarga bo‘linadi. Idishga tuxum chaqib, tuz va ziravorlar solib, yaxshilab aralashtiriladi. Nonlar chet qisimlari olib tashlanib, yumshoq joyi qoldiriladi. So‘ng non bo‘laklari ustiga tomat sousi surtilib, go‘sht va pishloq qo‘yiladi va rulet holida o‘raladi.
Shundan so‘ng qotgan nonlar tuyub olinadi. Ruletlarni atalangan tuxum va non talqoniga belab, yog‘da qizartirib pishirib olinadi.
Yegulikni dasturxonaga tortishdan oldin ko‘katlar bilan bezatishingiz mumkin. Yoqimli ishtaha!
BEGOYIM
soglom.uz/tavsiya/nonli-lavash/

Оставьте комментарий