Normurod Norqobilov (1953)

DO`STLARGA ULASHING:

Normurod Norqobilov 1953 yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻ tumanidagi Qishliq qishlogʻida tugʻildi. Harbiy xizmatda boʻlib qaytgach (1971–1973), zavod-fabrikalarda slesar, temir yoʻl depolarida vagon tuzatuvchi, stansiyalarda yuk tushiruvchi boʻlib ishladi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida tahsil oldi (1976–1982).
1982–1983 yillarda “Toshkent oqshomi” gazetasida xizmat qildi. 1983 yildan eʼtiboran Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasida faoliyat yuritib keladi. U bu yerda “Temur gʻori”, “Ikki daryo oraligʻida”, “Tamaddun izlari” nomli ekspeditsiya yoʻnalishidagi koʻrsatuvlar tayyorlash jarayonida Oʻzbekistonning koʻpgina togʻ-adirlari, qirlari, dala-dashtlarini qadamba-qadam kezib chiqdi. Hayvonot-nabotot dunyosini oʻrgandi. Va bu narsa keyinchalik dunyoga kelgan “Changalzor iti”, “Oqboʻyin”, “Togʻ odami”, “Paxmoq”, “Ovul oralagan boʻri” kabi qissalarida oʻz aksini topdi. Bulardan tashqari adibning yana “Unutilgan qoʻshiq”, “Zangori koʻl”, “Yuzma-yuz”, “Temir gʻori”, “Arazchi chumchuq”, “Sariqgul”, “Joʻshqin daryo”, “Bekatdagi oq uycha”,“Boʻron qoʻpgan kun”, “Dashtu dalalarda”, “Togʻdagi yolgʻiz odam”, “Amir Temur izidan” kabi roman, qissa, hikoya va maqolalar toʻplamlari nashr etildi. Bir qator asarlari rus, qozoq, qirgʻiz, turk, tatar, ingliz, arab tillariga tarjima qilindi. Bolalarga bagʻishlangan hikoyalari qirgʻiz, qozoq maktablari boshlangʻich sinflar darsliklariga kiritildi. “Quyoshi botmaydigan yurt”, “Belbogʻ”, “Shim yoxud xotinlar janjali” kabi videofilmlar uning asarlari asosida tasvirga olindi.
Normurod Norqobilovning koʻpyillik xizmatlari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni hamda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

20 комментариев к “Normurod Norqobilov (1953)”

  1. Уведомление: rent a scooter in honolulu

  2. Уведомление: Lysergamide Psychedelics cheap

  3. Уведомление: buy dried psilocybin mushrooms online​

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  6. Уведомление: Henry Firearms

  7. Уведомление: what is ketamine drug

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: anti screenshot

  10. Уведомление: long range hunting rifles for sale​

  11. Уведомление: click now

  12. Уведомление: woodford reserve kentucky straight bourbon whiskey

  13. Уведомление: Poker Match

  14. Уведомление: go to this website

  15. Уведомление: marijuana dispensary

  16. Уведомление: Sexy Baccarat

  17. Уведомление: Plus d'information

  18. Уведомление: white berry strain for sale near me

  19. Уведомление: Best universities in Africa

  20. Уведомление: faceless niches

Комментарии закрыты.