No‘xatpolvon

DO`STLARGA ULASHING:

Bir bor ekan, bir yo’q ekan, qadim zamonda bir chol-kampir yashagan ekan. Ularning ikki o’g’il, bir qizlari bor ekan. Qizlari tengsiz go’zal ekan. Bir kuni o’g’illari o’rmonga yangi yer ochishga bormoqchi bo’liptilar.
Ular bir necha kunga yetadigan oziq-ovqatlarini olishibdi, agar ovqatimiz tugab qoisa, kim bizga ovqat olib boradi, deptilar.
Chol bilan kampir haddan tashqari qari ekanlar. Ovqatni qizlaridan boshqa kim ham olib borardi. Ular, qizimiz olib boradi, debdilar. Akalari o’rmonga ketishda daraxtlarga belgi qo’yib ketiptilar. Lekin o’rmonda dev yashar ekan. U ham bu narsani sezib qolib, o’zining qasri tomonga yoi qiiib, belgi qo’yipti. Oradan bir necha kun o’tgach, qiz akalariga ovqat olib bormoqchi boiipti. U devning qasriga borib qolipti. U adashganini bilib, orqasiga qaytmoqchi bo’lgan ekan, dev yo’l bermapti-Shunday qilib, qiz devning qasrida qolipti.
Akalari kutib-kutib, singillari kelmagach, jahllari chiqib. uyga qaytiptilar va singillari allaqachon ovqat olib ketganini biliptilar. Katta akasi:
-Singlimiz adashib devning qasriga borib qolgan bo’lsa kerak. Men uni qutqargani boraman. Agar uch kun ichida qaytib kelmasam. meni kutmanglar,-depti va devning qasriga ketipti. U devning oldiga boripti.
Dev ovga ketgan ekan. Singlisi akasini ko’rib, yig’lab yuboripti va bo’lgan voqeani aytib beripti. Akasi devni kutibdi. Singlisi esa:
-Akajon. keting, dev sizni o’ldiradi,-depti yigiab. Lekin akasi ketishga rozi bo’lmapti. Dev bilan olishaman, depti. Nihoyat dev kelipti. Shunda qiz devning oldiga borib: — Agar mening akam kelsa, nima qilarding?- deb so’rapti.
-Agar mehmon bo’lib kelgan bo’lsa, mehmon qilardim,-depti dev.
Qiz akasini ko’rsatipti. Dev uni rosa yaxshilab mehmon qilibdi.
Nihoyat, yur, senga boyliklarimni ko’rsatay, debdi va yigitni yetaklab boyliklarini ko’rsatipti. Devning hamma boyliklarini ko’rib bo’igach. bir tubsiz quduqning oldiga keliptilar. Shunda dev yigitga:
-Agar shu quduqni boltasiz, olovsiz, qoi kuchi bilan buzib bersang, omon qolasan, boimasa oidiraman,- depti. Yigit:
— Buzib bera olmayman,- debdi. Dev yigitning kallasini olib, darvozaga osib qo’yipti. Qiz yigiab- yigiab qolaveripti, qo’lidan nima ham kelardi uning. Uch kun kutib, akasi kelmagach. kichik o’g’il yoiga otlanipti.U ham devning oldiga kelipti, dev uni ham mehmon qilipti va quduqni buzishni so’rapti. Buza olmagach, uni ham akasidek o’ldirib, darvozaga osib qo’yipti. Chol bilan kampir o’g’illarini kuta-kuta bukchayib qoliptilar. Qiz esa kunlarini yig’i bilan o’tkazar ekan. Shundav qilib, oradan ko’p vaqtlar o’tib ketipti. Qiz devning qasrida qolib ketipti. Bu voqea ham unutila boshlapti.
Bir kuni chol enkayib, munkillab kelayotsa, bir no’xat yo’lda dumalab ketayotgan emish.
Chol no’xatni tutib. Cho’ntagiga solib qo’vipti. Uyga kelgach, no’xatni cho’ntagidan olsa, no’xat emas, kichkinagina bolacha turgan emish.
Chol voqeani kampiriga aytipti. Chol-kampir xursand boiib, bolaga No’xatpolvon deb ism qo’yishibdi va uni parvarish qila boshlaptilar. No’xatpolvon kundan-kunga to’lishib, pahlavon yigit bo’lib yetishipti. Bir kuni u cholga:
-Ota, menga cho’yandan qilingan bir gurzi keltiring,-debdi. Chol temirchining oldiga borib, bir gurzi qildiribdi va inqillab-sinqillab arang uyga olib kelipti. Yigit gurzini aylantirib turib osmonga otib yubori pti.
Gurzi uch kundan keyin qaytib tushipti va yerga tushgach, chilparchin boiib ketipti.No’xatpolvon otasiga:
— Ota, nega gurzini chg’yandan yasatmadin- giz? — debdi.
Chol temirchining oidiga qaytib borib, cho’yandan gurzi yasatipti va aravaga solib olib kelibdi. No’xatpolvon gurzini aravadan olib, yana aylantirib otib yuboribdi. Gurzi yana uch kundan keyin yerga tushipti va bu gal sinmabdi. No’xatpolvon chol bilan kampirga:
— Men opamni devning qoiidan qutqargani boraman,- debdi va xayrlashib, yoiga tushipti. U yurib-yurib, devning qasrini topib boripti.
Borsa, qiz i p yigirib o’tirgan ekan. No’xatpolvon unga o’zini tanishtiripti. Bir qancha vaqt o’tgach, dev kelipti. U no’xatpolvonni mehmon qilib, boyliklarini ko’rsatgach, quduqning oldiga olib boripti va:
— Shu quduqni boltasiz, olovsiz buzsang, ketasan, boimasa, o’lasan,-depti. No’xatpolvon quduqni-gurzi bilan bir urib chilparchin qilipti va shunday tezkorlik bilan devning ham kallasini uzib tashiapti. Biipasda devning o’ligini quzg’unlar o’rab olishipti. No’xatpolvon bir quzgiinning bolasini tutib olipti. Onasi: «Bolamni qo’yib yubor»,- deb zorlana boshlapti.
— Borib o’lik va tirik suv olib kelsang bolangni qo’yib yuboraman,-depti No’xatpolvon. Quzgiinning onasi oiik va tirik suv olib kelipti. No’xatpolvon uning bolasini qaytib beripti va akalarining jasadlari osilib turgan darvozaga borib, ularning tanalari bilan kallalarini olib kelipti-da, awal oiik suvdan keyin tirik suvdan quyipti. Akalari aksa urib, o’rinlaridan turishipti.
No’xatpolvon ikki akasi va opasini olib chol- kampirning oldiga boripti. Chol bilan kampir juda suyunib ketishipti va uch kecha-yu uch kunduz to’y-tomosha qilib, murod-maqsadlariga yetiptilar.

Оставьте комментарий