Odam haqida kutilmagan maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

  • Odamdagi DNK 80 000 gendan tarkib topgan.
  • Oʻrtacha umr davomida odam boshidan oʻsib chiqadigan sochlarning uzunligi 725 kilometrga yetadi.
  • Sargʻish-malla odamlarning soqoli qoracha odamlarnikidan koʻra tezroq oʻsadi.
  • Gripp epidemiyasi 1918 – 1919 yillarda AQSH va yevropalik 20 milliondan ortiq odamni hayotdan olib ketgan.
  • Odamning barmoqlari oʻrtacha umri davomida 25 million marta bukilib-yoziladi.
  • Odam tugʻilgan payt uning miyasida 14 milliard hujayra boʻladi va bu oʻlgunicha koʻpaymaydi. Aksincha, 25 yoshdan keyin kuniga 100 mingdan kamayib boradi. Kitob oʻqishga sarflangan 1 daqiqa vaqt 70 taga yaqin hujayrani oʻldiradi. 40 yoshdan keyin inqiroz jarayoni tezlashadi va miya yengillashib, kichrayib boradi.
  • Odam suyagining 50 foizi suvdan iborat.
  • Odam tanasida yashovchi bakteriyalarning umumiy ogʻirligi 2 kilogrammga yetadi.
  • Odamning bosh miyasida sekundiga 100 000 kimyoviy reaksiya sodir boʻladi.
  • Bola tugʻilganda tizzasining koʻzi boʻlmaydi, u 2-6 yoshda paydo boʻladi.
  • Odam yuragining hajmi mushtumiga teng. Voyaga yetgan odamning yuragi oʻrtacha 220-260 gramm ogʻirlikka ega boʻladi.
  • Odamda 2 million ter bezlari bor. Har bir litr ter uchun 540 kaloriya sarflanadi. Erkaklar ayollarga nisbatan 40 foiz koʻproq ter chiqaradi.
  • Odam kuniga oʻrtacha 23 000 marta nafas oladi yoki nafas chiqaradi.
  • Odam koʻzi 10 000 000 rang turini farqlay oladi.
  • Odam ogʻzida 40 000 ga yaqin bakteriya yashaydi.
  • Odamda 33 yoki 34 ta umurtqa suyagi boʻladi.
  • Ayollar erkaklarga qaraganda taxminan 2 barobar koʻp koʻz ochib yumadi.
  • Odam tanasidagi eng mustahkam muskul – til.
  • Odam tanasida 2000 ta taʼm biluvchi sezgi organi bor.
  • Bola 300 ta suyak bilan tugʻiladi, balogʻatga yetganda 206 tasigina qoladi, xolos.
  • Odam yuragi bir yilda taxminan 36 800 000 marta uradi.
  • Koʻk koʻzli odamlar boshqalarga qaraganda koʻproq kasalga chalinadilar.
  • Odam tanasi oʻrtacha umri davomida 1000 marta oʻzgaradi.
  • Tumov chaqiradigan 100 dan ortiq turdagi virus bor.
  • Kulgan payt 17 ta muskul “ishlaydi”.
  • Balogʻatga yetgan odam tanasidagi nerv tolalari uzunligi  oʻrtacha 75 kilometrni tashkil etadi.
  • Odam tanasidagi issiqlikning 80 foizi boshidan chiqib ketadi.
  • Notanish ish bilan ilk bor shugʻullanish miyani rivojlantirishning eng yaxshi usuli. Aqliy salohiyati oʻzingizdan ustun boʻlgan odamlar bilan suhbatlashish ham miya rivojiga tez taʼsir koʻrsatadi. Miya xuddi muskullar singari qancha koʻp ishlasa, shuncha koʻp oʻsadi.
  • Bitta odamning tanasida butun yer yuzidagi odamlardan koʻproq tirik organizm yashaydi.
  • Burun insonning butun umri davomida kattalashadi.
  • Bir dona soch 3 kg gacha yuk koʻtarishi mumkin.
Rus tilidan Orifjon MADVALIYEV tarjimasi
oriftolib.uz
2008

Оставьте комментарий