Oila va jamiyat

DO`STLARGA ULASHING:

Oila tabiatning shoh asarlaridan biridir.
J. SANTAYaNA
Minglab tasodiflar sinovidan o‘tadigan er-xotin muhabbati kundalik eng oddiy hodisa bo‘lishiga qaramasdan, eng go‘zal mo‘jizadir.
F. MARIAK
Oilani buzishga mo‘ljallangan har qanday ijtimoiy nazariyalar yaroqsiz, shu bilan birga nomaqbuldir. Oila — jamiyatning durru gavhari.
V. GYuGO
Oila mo‘jazgina bir jamiyatchadir, butun insoniyat jamiyatining daxlsizligi ham uning jipsligiga bog‘liq.
F. ADLER
Oilaviy muhabbat odamlar orasida keng tarqalgan, eng mustahkam muhabbatdir, shuning uchun ham u kishilar hayotiga ta’sir ko‘rsatish jihatidan odamning eng muhim va eng hayotbaxsh tuyg‘usidir.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Oila inson hayotiga to‘kislik bag‘ishlaydi, oila baxt keltiradi, lekin har bir oila, ayniqsa jamiyatdagi oila, eng avvalo, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan qutlug‘ ishdir.
A. S. MAKARENKO
Faqatgina oila g‘amini yeb yashash hayvoniy ochko‘zlikdir, bir kishi uchun yashash — tubanlik, faqat o‘zi uchun yashamoqlik esa sharmandalikdir.
N. A. OSTROVSKIY
Birgina qalb xoxishicha uy solaman degan odam uni bamisoli vulqon otilib turgan tog‘ ustiga qurayotganday. O‘z baxtu saodatini faqat oilaviy hayotdan kutgan kishi esa bu uyni qum ustiga quradi.
A.I. GERSEN
Tanho odam hayoti, qanchalik ta’minlanganidan qat’i nazar, qashshoqlikdan iboratdir.
A. I. GERSEN
Faqatgina bir kishiga tikilgan, hayotning jamiki quvonchlarini uning siymosida deb bilib, qolgan hamma ishlarni azob-uqubatga aylantirgan muhabbat o‘ziga ham, ikkinchi kishiga ham og‘u tutqazadi.
F. E. DZERJINSKIY
Aql-idroki erta to‘lishgan odam o‘zini faqat oilaviy hayotga bag‘ishlay olmaydi, umum manfaatlari yo‘lida undan voz ham kecholmaydi.
A. I. GERSEN
Oilaviy manfaatlar deyarli hammavaqt ijtimoiy manfaatlarni xarob etadi.
F. BEKON
Oilaviy hayot inqilobchining g‘ayrat-shijoatini susaytiradi.
M. GORKIY
Agar hayotimizning barcha maqsad-mazmuni shaxsiy baxti-mizdan iborat bo‘lganda, shaxsiy baxtimiz esa birgina muhabbatda o‘z ifodasini topganda edi, unda hayot deganlari chindan ham zudmat sahro bo‘lib qolar edi… Ammo abadiy tafakkurga, ma’rifatchilik kasbiga shonu sharaflar! Inson uchun yurakning ma’naviy olamidan tashqari hayotning yana boshqa buyuk olami ham — tarixan mulohaza-mushohada yuritish va ijtimoiy faollik olami ham bor.
V. G. BELINSKIY
Muhabbatdan to‘la-to‘kis qoniqib bo‘lmaydi, sevgidan to‘la qoniqish yo‘lini topolgan kishi esa ayanchli bo‘lur edi: bundan kelib chiqadigan yagona xulosa shuki, hech qanday bitta narsa insonning ko‘p istak va matlablarini qondira olmaydi.
V. G. BELINSKIY
Faqat eri va o‘z bolalarinigina sevishni biladigan, qolgan biror narsa haqida tushunchasi yo‘q va boshqa bir narsaga intilmaydigan ayol kulgili, ayanchli va erkak zoti muhabbatiga munosib bo‘lmaganidek, o‘z xotini va bolalaridan boshqani bilmaydigan erkak ham xuddi shunday kulgili, ayanchli va nomunosib odamdir.
V. G. BELINSKIY
Men o‘z hayotimni poralanishi mumkin bo‘lgan yurakka ham, o‘tmaslashib qoladigan his-tuyg‘ularga ham emas, balki hech qachon eskirmaydigan va hamma narsaga bardosh bera oladigan miyaga jamlaganman.
O. BALZAK
ziyouz.uz

Оставьте комментарий