Olchali shirinlik

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar:

Xamir uchun: 2 stakan un, 2 dona tuxum, 50 gr saryog‘, 50 ml suv, 2 osh qoshiq shakar, ½ choy qoshiq tuz, 1 osh qoshiq vanilin.

Nachinka uchun: oz miqdorda saryog‘, 50 gr danaksiz, muzlatilgan olcha, 2 osh qoshiq non talqoni, 3 osh qoshiq shakar va 2 osh qoshiq un.

Tayyorlanishi:

Tuxum tuz, shakar va vanilin, suv, shakar, saryog‘ hamda sekinlik bilan unni aralashtirgan holda qattiq xamir qoriladi. Tayyor bo‘lgan xamir 40 daqiqa tindiriladi.

Tindirilgan xamir yupqa qilib yoyiladi. Xamir ustidan saryog‘ suriladi, bir xil tekislikda olcha terib chiqiladi. So‘ngra shakar, non talqoni va un sepiladi. Yumshoq holatda, rulet shaklida o‘raladi. Xamir uchlari biriktiriladi.

Shirinlikni pechga joylashdan avval uning ustiga tuxum sarig‘i surib chiqiladi va pichoq yordamida xamir biroz kesib chiqiladi.

210 darajada qizdirilgan pechda 30 daqiqa davomida pishiriladi. Tayyor bo‘lgan shirinlik sovutib olingach, ustidan qand upasi sepiladi. Yoqimli ishtaha!

Xurshidabonu

soglom.uz/tavsiya/olchali-shirinlik-2/

Оставьте комментарий