Olivye salati tayyorlash retsepti — kolbasa va go’shtli turi, bosqichlari, sirlari

DO`STLARGA ULASHING:

Olivye – salatlar qiroli bo’lib, har bir uy bekasining bayram dasturxonida birinchi o’rinni egallaydi. Ushbu mayonezli salatning retsepti juda oddiy, uni tayyorlash va eslab qolish oson. Aksariyat insonlarda ushbu salat yangi yil shukuhi bilan bog’lanadi. Quyida uning turli tayyorlanish usullari keltiriladi.

KOLBASALI OLIVYE RETSEPTI
Tayyorlash vaqti: 1 soat | Portsiyalar soni: 7-8
Kerakli masalliqlar:

Qaynatilgan kartoshka – 400 g;
Qaynatilgan sabzi – 150 g;
Tuzlangan bodring – 200 g;
Qaynatma kolbasa – 300 g;
Konservalangan yashil no’xat – 1 banka;
Qaybatilgan tuxum – 6 dona;
Mayonez – 300 ml;
Ko’k piyoz – 1 bog’ (36 g);
Tuz (xohishga qarab) – ta’bga ko’ra;
Tuyilgan murch (xohishga qarab) – ta’bga ko’ra.
Tuz masalasiga kelganda, ushbu retseptda salatga tuz solmaslik ham mumkin, chunki tuzlangan bodringning tuzi yetarli bo’ladi. Qo’shish istagi bo’lsa, uni salatga oxirida, ta’tib ko’rgach solish kerak.

Kolbasali olivye tayyorlash bosqichlari:

Kartoshka po’stlog’i bilan qaynatiladi, pishgach sovutib olinadi, keyin po’stlog’idan tozalab, mayda kubik shaklida to’g’raladi.
Sabzi po’stlog’i bilan qaynatiladi, pishgach sovutiladi va po’stlog’idan tozalab, mayda kubiklar shaklida to’g’rab olinadi.
Tuxum ham qaynatiladi, sovugach, po’sti tozalanadi va mayda kubik qilib to’g’raladi.
Archilgan bodring va kolbasa ham shu tarzda to’g’rlaladi.
Ko’kpiyoz maydalanadi.
Idishga to’g’ralgan sabzavotlar, kolbasa va yashil no’xat solinadi, so’ng mayonez qo’shib aralashtiriladi. Kolbasali olivye salati tuzi ta’tib ko’riladi, agar zarur bo’lsa, ta’bga ko’ra yana qo’shiladi.
TOVUQ GO’SHTLI OLIVYE TAYYORLASH
Kerakli masalliqlar:

Tovuqning to’sh go’shti – 1 dona;
Kartoshka – 3-4 dona;
Yirikroq sabzi – 1 dona;
Tuxum – 3 dona;
Yangi uzilgan bodring – 1 dona;
Tuzlangan bodring – 4-5 dona;
Konservalangan yashil no’xat – 1 banka;
Mayonez – 4 osh qoshiq;
Tuz, murch – ta’bga ko’ra.
Tayyorlanishi:

Kartoshka va sabzi oldindan qaynatib qo’yiladi, bu ularning yaxshi sovushi uchun kerak. Sabzavotlar mazali chiqishi sirlaridan biri – ular qaynatiladigan suvga tuz qo’shish kerak.
Kartoshka, sabzi va tuxum po’stidan tozalanadi.
Masalliqlar taxminan no’xat kattaligida kubik qilib to’g’rab olinadi. Barchasi chuqurroq idishda aralashtirib olinadi.
Yangi va tuzlangan bodring po’stidan tozalanadi va mayda kubchalar shaklida to’g’raladi. Bodringlar aralashmasi masalliqlar aralashmasiga qo’shiladi.
Tovuq to’shchasi tuzli suvda qaynatib olinadi. Avval ko’ndalangiga, keyin esa uzunasiga kesiladi, so’ng kubik qilib to’g’raladi.
Tovuq ham boshqa masalliqlar saqlanayotgan idishga solinadi va barchasi yaxshilab aralashtiriladi. Agar salat darhol stolga tortiq qilinmasa, bu holda idish ustini oziq-ovqat plyonkasi bilan mahkam yopish yoki uzoq saqlash uchun ishlatiladigan idishga solish va sovutgichga qo’yish tavsiya etiladi.
Mayonezga bir chimdim tuz va murch solinadi. Tovuqli olivye salatiga bevosita dasturxonga tortishdan oldingina mayonez qo’shiladi.
Salatni chiroyli tarzda tortiq qilish uchun maxsus halqachalar olib, uni likopchaga qo’yib, halqacha ichiga zich qilib salat solish mumkin. So’ng ustidan ko’katlar bilan bezatiladi. Yoqimli ishtaha!

KLASSIK OLIVYE SALATI
Kerakli masalliqlar:

O’rtacha kattalikdagi qaynatilgan kartoshka (biroz eskirog’ini olish maqsadga muvofiq) – 4 dona;
Sabzi – 1 dona;
Yaxshilab qaynatilgan tuxum – 4 dona;
“Doktorskaya” kolbasasi – 300 g;
O’rtacha kattalikdagi tuzlangan bodring (yangi uzilgani ham bo’ladi) – 3 dona;
Konservalangan yashil no’xat – 1 banka (200 g);
Mayonez – 200-300 g;
Xohishga ko’ra ko’ra petrushka va shivit barglari;
Tuz, murch.
Tayyorlash bosqichlari:

Olivye salati tayyorlash retsepti - kolbasa va go'shtli turi, bosqichlari, sirlari
Olivye salati tayyorlash retsepti — kolbasa va go’shtli turi, bosqichlari, sirlari
Sabzi, kartoshka va tuxum yaxshilab qaynatib olinadi.
Tuxum, kartoshka, kolbasa hamda sabzi bir xil kattalikda kubik shaklida to’g’raladi.
Bodringni to’g’rab olib, suvi siqib olinadi, aks holda salatda suyuqlik ko’payib ketadi.
To’g’ralgan mahsulotlarning barchasi aralashtirish uchun idishga solinadi, konservalangan no’xatning suvi to’kib tashlanadi va u ham masalliqlarga qo’shiladi. Yakunida tuzi rostlab olinadi va murch qo’shiladi. Tortiq qilishdan avval 1 soat sovutgichda ushlab olish afzal.
OLIVYE TAYYORLASH SIRLARI
Quyidagi maslahatlarga rioya qilsangiz, salat yanada mazaliroq chiqadi:

Barcha masalliqlar no’xatlar kattaligi bilan garmoniyada bo’ladigan o’lchamli kubiklar qilib to’g’ralishi. Bu holda iste’mol vaqtida birining ta’mi ikkinchisinikidan ustun kelmaydi. Qolaversa, ko’rinishi ham yaxshiroq bo’ladi.
An’anaviy retseptda qaynatma kolbasa ishlatiladi. Biroq bu mol go’shti, tovuq go’shti yoki boshqa turdagi go’shtdan foydalanishga to’sqinlik qilmaydi. Qay birini tanlash albatta kishining o’z xohishiga bog’liq. Biroq aynan bayramona salat uchun an’anaviy retsept doirasidan chetlashmagan ma’qul.
Salat sovutgichda uzoqroq saqlanishi uchun unga mayonezni bevosita dasturxonga tortiq qilishdan oldin qo’shish kerak.
Eng mos keladigan zapravka – teng nisbatlarda aralashtirilgan xonaki smetana va yog’li mayonezdir. Yog’siz mayonezlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Salatga bodring qo’shmaslik ham mumkin. Masalliqlarning barchasi qaynatilganligi bois, yumshoq bo’ladi, biroq bodring ularning ichida ajralib turadi. Bodringni hush ko’rmaydiganlar uning o’rnini boshqa masalliqlar ulushini teng miqdorda oshirish orqali qoplashlari mumkin.

18 комментариев к “Olivye salati tayyorlash retsepti — kolbasa va go’shtli turi, bosqichlari, sirlari”

  1. Уведомление: codeless test automation

  2. Уведомление: track + pin good balance

  3. Уведомление: Digital transformation consultant

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: edible weed gummy bears

  7. Уведомление: nice dumps shop

  8. Уведомление: sportsbet io giriş

  9. Уведомление: source

  10. Уведомление: magic mushrooms for depression for sale

  11. Уведомление: DevOps Development services

  12. Уведомление: Georgia cornhole

  13. Уведомление: Viagra

  14. Уведомление: how many olly gummies can i take in a day

  15. Уведомление: Magic mushroom capsule

  16. Уведомление: ozempic comprar sin receta, comprar ozempic online, ozempic comprar, comprar ozempic

  17. Уведомление: buy botulinum toxin injection

  18. Уведомление: เน็ต ais รายวัน

Комментарии закрыты.