Onajonimiz asraylik

DO`STLARGA ULASHING:

Onajonimiz asraylik

Olloh asra onajonim
Tuganmas mehr bulog’im
Doim g’amxo’r bizga
Kirsinlar ular yuzga.

Og’rimasin oyoqlari
Baquvvat bulsin bellari
G’am ko’rmasin yuzlari
Xiralashmasin ko’zlari.

Katta qilib qo’ygan sizni
Zabardast o’g’il qizni
Qilmagan aslo minnatin
Siz ham qiling xizmatin.

Vaqtida xabar oling
Mehirga zor bulmasinlar
Boring tez shoshila qiling
Charchab tolib qolmasinlar.

Oyoqlarin uzatib
Davru-davron sursinlar
Mazza qilib yeb-ichib
Rohatingiz kursinlar.

✍️: Islomova Mukambar

Оставьте комментарий