Onlayn musiqa tinglash uchun strim xizmatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Onlayn musiqa tinglash uchun strim xizmatlari

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida mashhur bo‘lgan onlayn musiqiy strim xizmatlari asta-sekin hayotimizga kirib kelmoqda.
Yurtimizdagi Beeline mobil operatori abonentlariga anchadan buyon tanish bo‘lgan «Beeline Music & Radio», keyinchalik «Yandeks.Musiqa (https://t.me/gsmgurus_FAQ/721)», va yaqinda soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan (https://tax.uz/ru/site/companys) «Spotify» kabi musiqiy strim xizmatlarining nima afzalliklari bor?
Nega onlayn musiqa tinglash, uni yuklab olishdan ko‘ra mashhur bo‘lib bormoqda? Va eng muhim savol: odatta mp3 larni internetdan «bepul» yuklab yulishga odatlangan aholimiz, nima sabab musiqa uchun pul to‘lashi kerak?

1 — Bu qulay
Strim xizmatlari, musiqani, smartfon xotirasidagi katta gigabaytli to‘plamlarga qaraganda ancha oson va tezroq topishga imkon beradi. Talab qilinadigan narsa: xizmatga kirish, izlash va pleylistga (ijro ro‘yxati) saqlash. Bundan tashqari, to‘plamlar yuzlab qidiruv mezonlari bo‘yicha — janr, ijrochi, mamlakat va boshqalar bo‘yicha saralangan va ular doimo to‘ldirib boriladi.
Smartfon minimal ichki xotiraga ega bo‘lsa ham, musiqa har doim biz bilan birga.

2 — Bu vaqtini tejovchilar uchun
Turli xil manbalardan musiqalarni saralab olishga yoki ularni birma-bir internet tarmog‘i orqali izlashga vaqtingiz bo‘lmasligi mumkin. Strim xizmatlari vaqtni tejaydi va o‘zingiz uchun yangi musiqa yo‘nalishlarini kashf qilishga yordam beradi. Uning algoritmlari tanlovimizni, pleylistlarimizni, muayyan ijrochilar va qo‘shiqlarni tinglash vaqtini tahlil qiladi va biz uchun cheksiz musiqalar to‘plamlarini har kuni avtomatik ravishda to‘plab boradi.

Endi vaqtni sarflab musiqa arxivlarni yuklab olish va har birini saralab chiqishga hojat yo‘q, tanlov allaqachon tayyor. Shunchaki yoqing va ma’qul bo‘lgan musiqalarga maxsus belgini (yurakcha) qo‘ying, bu esa, algoritmlarni biz uchun shaxsiy to‘plamni yanada yaxshiroq yaratishga o‘rgatadi.

3 — Bu qonuniy
Har qanday strim xizmati musiqa mualliflari, egalari va mualliflik huquqi egalari bilan rasmiy shartnomalarga ega va musiqalarni bevosita ulardan oladi. Ya’ni, musiqa xizmatlari musiqani mutlaqo qonuniy ravishda tinglashga imkon beradi va narxi nisbatan arzon.

Bugungi kunda yurtimizda musiqiy strim xizmatlari (Yandeks.Musiqa va Beeline Music) narxi oyiga o‘rtacha 16-18 ming so‘mni tashkil etadi. Bundan tashqari deyarli har bir xizmatning ba’zi cheklovlarga ega bepul versiyalaridan ham foydalanish mumkin.
Albatta, onlayn musiqa tinglash uchun cheklanmagan internet yoki operatorlarning maxsus xizmatlaridan foydalangan ma’qul. Bilishimcha, bugungi kunda faqat Humans operatori, onlayn musiqiy strim xizmatlari uchun cheklanmagan trafikni taqdim etgan.

O‘zim, Yandeks plus (https://t.me/gsmgurus_FAQ/720)obuna turiga kiruvchi Yandeks.Musiqa xizmatidan foydalanaman va undagi algoritmlar, podkastlar (https://t.me/gsmgurus_FAQ/407), turli xil qurilmalarda (smartfon, kompyuter, TV) mavjudligi ma’qul bo‘lgan (o‘zbek ijrochilari musiqalari ham talaygina).

Eng keng tarqalgan musiqiy strim xizmatlari: Yandeks. Muzika, Google Play Music, Apple Music, SberZvuk, Spotify, Tidal, Pandora, Deezer, Groove Music, SoundCloud, Boom, YouTube Music, Yandeks.Plyus.

Savol: Musiqiy strim xizmatlaridan foydalanasizmi va ular haqida fikringiz qanday?

Оставьте комментарий