Kitob – beminnat ustoz (insho)

DO`STLARGA ULASHING:

Kitob – beminnat ustoz (insho)
Reja:
Kitob – beminnat ustoz, bilim va ma’naviy yuksalishga erishishning eng asosiy manbai.
Farzand tarbiyasidagi eng asosiy omillardan biri bu kitob mutolaasidir.
“Kitob (bitig) barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir”.
Xalqimiz tilida kitob o‘qib bilim va munosib tarbiya olish, kasb-hunar o‘rganishning ahamiyatiga doir maqollar juda ko‘p. Jumladan, “Kitobsiz aql – qanotsiz qush”, “Bilim – aql chirog‘i”, “Go‘zallik – ilm-u ma’rifatda”. Bunday hikmatli naqllarni yana uzoq davom ettirish mumkin. Necha ming yillardan buyon insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib kelayotgan, ularning bilimli, tarbiyali, kasb-hunarli va albatta, baxtli bo‘lishining muhim omili – bu kitobga do‘st bo‘lish, va kitob o‘qishni kanda qilmaslikdir. Ayniqsa, yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni bor. Chunki yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxshilik hamda ezgulikka undaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabr kuni qabul qilingan PQ-3271 sonli “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutoaalasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan joylarda kitobxonlik, mutolaa madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.
“Kitob”, “kitobxonlik”, “kutubxona” sozlarining ozagi aslida arabchadan olingan va bir maqsadga, yani inson manaviyatini boyitishga xizmat qiladi. Yurtimizda yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar ham bejizga emas, binobarin, kelajak avlodning kamoloti ilm olish, bilimli bo’lish bilan belgilanadi. Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017 yilning 12 yanvar kuni “Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga qaratilgan” farmoyish e’lon qildi. Bu esa o’z navbatida, yurtimizda kitobxonlik saviyasi oshishiga, yangidan-yangi sermazmun kitoblar chop etilishiga omil bo’luvchi muhim odimdir. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yangidan-yangi nashrdan chiqayotgan sermazmun asarlarni o’qib borish yoshlarning ongi o’sishi, tafakkuri teranlashib, o’zining mustaqil fikriga ega bo’lishiga imkon beradi. Yana shuni alohida etirof etish kerakki, prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbus bugungi kunda yoshlarni yanada qollab quvvatlovchi muhim omil boldi. “Yoshlar manaviyatini yuksaltirish,ular ortasida kitobxonlikni keng targib qilish boyicha tizimli ishlarni tashkil etish” muhim dasturiamal bolmoqda. Kitob bilan tanishish,mutolaa qilish, insonga o`zgacha zavq beradi.kitobxon mutolaa qilar ekan kitob bilan yaqinroq tanishadi, uning ilmiy- badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qila boshlaydi,fikrlaydi, mutolaa madaniyati yuksaladi.
@iramond

Оставьте комментарий