Orangizda sevgi bormi?

DO`STLARGA ULASHING:

Siz va oʼz yaqin insoningiz oʼrtangizdagi sevgi haqiqiymi yoki shunchaki havasmi? Buni bilishni istasangiz, marhamat, savollarga javob bering va bilib oling.
Javoblarga beriladigan ballar: a) — 2 ball, b) — 3 ball, v) — 4 ball.
1. U haqida uydagilarga aytganmisiz?
a) Yoʼq.
b) Hozircha yoʼq.
v) Ha albatta.
2. Unga sevgi izhor qilsangiz, u nima qiladi?
a) Negadur jim turadi.
b) Ohista jilmayadi.
v) U ham sevishini aytadi.
3. Tugʼilgan kuningizda sevganingiz nima qilgan?
a) Pul bergan.
b) Tabrik xati bergan.
v) Restoranga taklif qilgan.
4. Sevgilingizni nimasinidir oʼzgartirish imkoningiz boʼlganda uni nimasini oʼzgartirgan boʼlar edingiz?
a) Xarakterini.
b) Kiyinish uslubini
v) Hech narsani, u ideal.
5. Sizlar koʼchada turibsiz va yoningizdan judayam kelishgan (yigit yoki qiz) oʼtib qoldi. Juftingiz bu holda oʼzini qanday tutadi?
a) Undan koʼzini uzmaydi.
b) Etibor bermagan ekanman.
v) Etibor ham bermaydi.
6. Oxirgi bir haftada hatto qoʼngʼiroq qilmadi. Bu hol siz uchun.
a) Omon boʼlsa bas.
b) Qattiq xafa boʼlaman, sogʼinaman.
v) Bunaqasi boʼlmagan.
7. Eslab koʼring, birinchi martda u sizdan boʼsa olganda yoki qoʼlingizni ushlaganda nimani his etgansiz?
a) Xayolim joyida emasdi. Odamlar koʼrib qolishidan qoʼrqdim.
b) Juda yoqimli boʼlgan.
v) Ehtiroslandim.
8. Dam olish kuni haqida gap ketganda.
a) Odatiy kundek oʼtadi.
b) Koʼproq telefonda gaplashamiz.
v) Uchrashamiz.
9. Uchrashuv belgilangan kunga u kelolmasligini aytdi. Sizning munosabatiz?
a) Oʼzim ham uchrashuvga chiqmoqchi emasligimni aytaman.
b) Undan sababini soʼrayman.
v) Bahona qilyapti, boshqasini topib olgan deb hisoblayman.
Natija:
2 — 16 ball. U sizga yetarlicha etibor bermaydi. Toʼgʼrisi u sizni umuman sevmaydi. Siz ham oʼz navbatida uni sevmaysiz. Bu shunchaki havas.
17 — 24 ball. Havasni sevgiga aylanish jarayoni. Ikkingiz ham aniq bilmaysiz bu qanchalik uzoq davom etishini. Lekin bir biringizga ishonib harakat qiling. Sevgini uchqunlari bor, uni alanga oldiring. Koʼproq birga vaqt oʼtkazing. Koʼproq uchrashib turing.
25 — 36 ball. U sizni juda va juda sevadi. Va siz ham haqiqiy sevgini topgan koʼrinasiz. Ehtimol toʼy qilish haqida maslahatlashib koʼrarsizlar. Sevgi bilan koʼrilgan turmush odamni qaritmaydi. Uni ehtiyot qiling.

Оставьте комментарий