Kulgi haqida qiziq ma’lumotlar 12+

DO`STLARGA ULASHING:

Go‘dak uch oylik bo‘lmaguncha kula olmaydi. (Demak, ba’zi odamlar umrbod go‘dakligicha qolar ekan-da…)

Inson kulgan paytda yuzidagi 17 ta muskul ishlaydi, ho‘mraysa, 47 tasi ishlashga majbur bo‘ladi. (Afsuski, muskullarini ishlata olmaydiganlar ham hayotda yo‘q emas)

Olti yoshli bola kuniga o‘rtacha 300 marta kuladi. Yoshi kattalar esa 15 – 100 martagacha kula olishadi. (Ko‘rdingizmi, bola bo‘lish oson emas).

Chehralari ochiq, kulib xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, chehrasi tundlarga qaraganda bir yarim baravar ko‘proq choy-chaqa undirishar ekan. (Boyimoqchimisiz? Kulib yuring)

Eng ko‘p jilmayib yuradiganlar Braziliya va Kubada yasharkan. Skandinaviyaliklar esa, aksincha, eng jiddiy qiyofada bo‘lisharkan. (Shuning uchun ham Braziliya va Kubaga hamma maftun).

Kulayotgan paytda o‘pkadagi havo soatiga yuz kilometr tezlikda otilib chiqadi. (Noto‘g‘ri o‘ylamang, bu havo og‘izdan chiqib ketadi.)

Ruhi tetik, kulib yuradigan odamlarda yurak kasalliklariga duchor bo‘lish ehtimoli tushkun yuradiganlarnikiga qaraganda qirq foiz kamroq bo‘lar ekan. (Shifoxonalarning yurak bo‘limi qachon bo‘shab qolarkin-a…)

Kuniga 17 daqiqa kulgan odamning umri bir kunga uzayadi. (Uzoq yashashning hech qiyin joyi yo‘q).

psixolog Ma’ruf Kubayev tayyorladi

pmt.uz

Оставьте комментарий