Organizmni tozalovchi ozuqa mahsulotlari

DO`STLARGA ULASHING:

Organizmni tozalovchi ozuqa mahsulotlari

Karam: tarkibida ko‘p miqdorda ovqat tolalari bor, u og‘ir metallar va toksinlarni biriktirib, ichakdardan olib chiqib ketishga yordam beradi.

Lavlagi: ularda ovqat tolalari, fosfor, mis, S vitamini va bir qator organik kislotalar mavjud bo‘lib, ular oziq-ovqatni ichaklardagi harakatini yaxshilaydi va oshqozon ichakdagi bakteriyalarni o‘ldiradi.

Sarimsoq: bir bo‘lak sarimsoq tarkibida 400 dan ortiq foydali moddalar bor. Ular qondagi yomon xolesterinni kamaytiradi va qon tomirlarini mustahkamlaydi.

Piyoz: uning asosiy foydali moddasi — fitonsidlardir, ular efir moylarida uchraydi. Bu moddalar bir necha soniya ichida ko‘plab bakteriya va zamburug‘larni o‘ldirish xususiyatiga ega.

Olma: pektin va ovqat tolalari tufayli olma butun hazm qilish tizimini faoliyatini normallashtiradi — ular toksinlarni bog‘laydi, ishtahani yaxshilaydi, me’da shirasini ishlab chiqarilishini rag‘batlantiradi.

@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий