Oshqovoq urug‘i xaqida

DO`STLARGA ULASHING:

Oshqovoq urug‘i xaqida
Kimyoviy tarkibi:
(100 gramm hisobida)
Oqsil — 33 g
Yog‘ — 42 g
Uglevod — 12
Ovqat tolalari (klechatka) — 18 g
Quvvati — 446 kkal
Bundan tashqari, ko‘p miqdorda vitamin va minerallar saqlaydi.
To‘yinmagan yog‘ kislotlari va omega–3 manbai xisoblanib, yurak qon-tomir tizimi uchun judayam foydali.
Tarkibidagi:
• Vitamin D — suyaklarni mustahkamligi, ichaklardan Sa ni so‘rilishi uchun kerak.
• Rux (sink) — soch va tirnoqlar xolatini yaxshilaydi, immunitetni ko‘taradi, erkaklar gormoni — testosteron miqdorini oshiradi.
• Magniy — nerv va yurak-qon tomir tizimi uchun nihoyatda zarur element bo‘lib, qon bosimini ham tushiradi.
100 g urug‘ tarkibidagi temir, sutkalik extiyojni qondiradi.
Tibbiyotda jigar kasalliklarida, boshdagi qazg‘oqlarda, soch to‘kilishida, yuzga har xil toshmalar toshganda, ichak parazitar-gelmintoz kasalliklarida, siydik haydovchi (diuretik) vosita sifatida keng qo‘llaniladi.
Yog‘idan esa, sklerozda, gastritda, oshqozon yarasi va prostatit kasalliklarida foydalaniladi.
Bundan tashqari:
• Uyqusizlikda
• Buyrak kasalliklarida
• Diabetda
• Qalqonsimon bez kasalliklarida
• Erta qarishni oldini olishda foydalaniladi.
Me’yori:
✓ Kattalarga 100 g gacha
✓ Bolalarga 30-40 g gacha sutkada iste’mol qilish mumkin.
✓ Homilador va emizikli ayollarga ayni muddao mahsulot hisoblanadi.
Nahorga yoki och qoringa yoki ovqatlangandan 2-3 soat o‘tib iste’mol qilish kerak!
Erkaklarga uxlash oldidan iste’mol qilish tavsiya qilinadi, sababi, uyqu vaqtida testosteron gormoni ishlab chiqariladi.
Taomlanish ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)

Оставьте комментарий