O’t qopi yallig’lanishi haqida batafsil

DO`STLARGA ULASHING:

O’t qopi yallig’lanishi. O’tkir va surunkali formalari bor. Ba’zida o’t qopida tosh hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi (kalkulez turi).

#САБАБЛАРИ👇

infeksiya – Patogen flora bilan inseminatsiya, virusli infeksiya (gepatit, sitomegaloviruslar) Nosog’lom ovqatlanish (yog’li, sho’r, qovurilgan, tez tayyorlanadigan ovqatlar, gazlangan ichimliklar) Alkogolli va narkotik moddalar Stress va nevrozlar Immunitet pasayishi, disbakterioz Surunkali infeksiya o’choqlari: tonzillit, gaymorit, frontit Nasliy moyillik

#БЕЛГИЛАРИ👇

1.O’ng qovurg’a ostida og’riq
2.O’ng kurakda irradiatsiya.
3.Ko’ngil aynish
4.Qayt qilish
5.Meteorizm.
6.Suyuq ich kelishi
7.Tilda oq pilakchalar paydo bo’lishi.
8.Kechki payt 37.5-38C harorat ko’tarilishi
9.Xolesistit belgilari kasallik o’tkir holda yaqqol namoyon bo’ladi: jigar kolikasi, kuchli og’riqlar.

#ДИОГНОСТИКА👇

Qon umumiy tahlili, leykotsitlar, ishqorli fosfataza, globulinlar, gastroduodenal zondlash. UTT tekshiruvida o’t qopi hajmi, kattaligi, konkrementlar bor yo’qligini aniqlash mumkin.

#ДАВОЛАШ👇

1.O’tkir formasida yotoq rejimi
2.Ko’p miqdorda suv ichish
3.Kuchli og’riqda peri Xolesistit borligini aniqlash mumkin,
4.Antibiotiklar beriladi
5.O’t dimlanganda o’t haydovchilar,
6.Vitamin B guruhi va askorbin kislotasi.
7.Konservativ davo foyda bermaganda, konkrementlar ko’pligida operativ davo tavsiya etiladi.

#ПАРХЕЗ👇

Sho’r, achchiq, qovurilgan, xom sabzavotlar, konserva, shokolad, kolbasa mahsulotlari mumkin emas. Yog’siz go’sht, parda pishirilgan kotlet, tvorog, kefir tavsiya etiladi.

#АСОРАТЛАР👇

O’t qopi yorilishi, peritonit, jigar kolikasi, o’sma kasalliklari.

#МОЙИЛ_АХОЛИ👇

Nosog’lom ovqatlanuvchilar, ortiqcha vaznli kishilar, spirtli ichimliklar qabul qiluvchilar, narkotik qabul qiluvchilar.

#ПРОФИЛАКТИКА👇

To’g’ri ovqatlanish, stress bilan kurash, shifokor ko’rsatmasi bilan dorilarni qabul qilish.