O’yinlar ombori!

DO`STLARGA ULASHING:

? O’yinlar ombori!

? Siz Android telefoningiz uchun o’yinlarni qayerdan olasiz? Albatta, Google Play. Iphone uchunchi? Sizning javobingiz App Store. Nima deb o’ylaysiz kompyuterga o’yinlarni qayerdan yuklab olsa bo’ladi? Bizning javobimiz esa Steam!

Steam kompyuter o’yinlari konidir. Siz u yerdan crack (buzilgan) bo’lmagan, original o’yinlarni rasmiy tarzda ko’chirib olishingiz mumkin. Siz o’yinni pulga ko’chirib olasiz. Steam do’konida albatta tekin o’yinlar ham bo’ladi. Biroq Call of Duty, Need for Speed, Cyberpunk, Counter Strike, GTA kabi mashhur o’yinlar pullik bo’ladi. Bizni O’zbekistonda juda ko’pchilik o’yinlarni crack holda o’ynaydi va bu noto’g’ri. Siz turli xil saytlardan yoki telegram kanallardan yuqoridagi kabi mashhur o’yinlarni crack holatda aniq topsangiz bo’ladi, ammo, ko’chirib olayotgan o’yinlaringizda virus yo’qligiga va kompyuteringiz xavfsizligiga hech kim javob bermaydi. Undan tashqari, buzilgan o’yinlarni, masalan, Call of Duty o’yinini multiplayer (internetga ulangan holda ko’pchilik bo’lib) tarzda o’ynay olmaysiz. Undan tashqari o’yinlarni kompyuterga o’rnatishda muammolarga duch kelishigingiz, kompyuteringiz sekin ishlaydigan bo’lib qolishi mumkin.

? Steam yolg’iz emas. Uni ham bir qancha raqiblari bor. Masalan, Blizzard, GOG.COM, Origin. Agar sizga mini o’yinlar kerak bo’lsa, siz ularni Alawar, Big Fish, Nevosoft, Gameloft kabi o’yin ishlab chiqaruvchilari saytlaridan yuklab olsangiz bo’ladi.

? Steam rasmiy sayti: store.steampowered.com

Оставьте комментарий