YouTube’dagi reklamalarni bloklaymiz

DO`STLARGA ULASHING:

🚫 (https://telegra.ph/file/41ec5503797139267934f.png)YouTube’dagi reklamalarni bloklaymiz

YouTube’da videolarni tomosha qilishda qariyb har bir rolikda reklama uchraydi. Bu ushbu xizmatning o‘zi taqdim etuvchi reklama videosi yoki uzoqroq vaqt talab etuvchi alohida reklama integratsiyasi bo‘lishi mumkin. Reklamani bloklash uchun Google Chrome uchun mo‘ljallangan kengaytmalardan birini qo‘llashni tavsiya etamiz.

1️⃣. Youtube uchun AdBlock (https://chrome.google.com/webstore/detail/adblock-for-youtube/cmedhionkhpnakcndndgjdbohmhepckk?hl=ru) – kengaytma kontentni filtrlaydi, butun reklamani, shuningdek bannerlar va sizib chiquvchi oynalarni bloklaydi. Reklama integratsiyalarini o‘tkazib yuborish, YouTube pleyeridan foydalanuvchi saytlardagi reklamani bloklash imkonini beradi.

2️⃣. SponsorBlock for YouTube (https://chrome.google.com/webstore/detail/sponsorblock-for-youtube/mnjggcdmjocbbbhaepdhchncahnbgone?hl=en) – asosan videodagi homiylik integratsiyalari, shuningdek zastavkalar va obuna bo‘lishga chorlovlarni o‘tkazib yuborish uchun mo‘ljallangan. Kengaytma videodagi homiylikni aniqlash uchun foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar bazasidan foydalanadi.

3️⃣. uBlock Origin (https://chrome.google.com/webstore/detail/ublock-origin/cjpalhdlnbpafiamejdnhcphjbkeiagm?hl=en) – reklamani bloklashni o‘z ichiga oluvchi, kontentni filtrlash uchun mo‘ljallangan kross-platformali brauzerlar uchun kengaytma. Foydalanuvchiga reklamani bloklash uchun o‘z qoidalarini yaratish imkonini beradi.

⏫ Ushbu postimizda kengaytmaning qo‘shimcha imkoniyati haqida so‘z yuritilgan: Brauzer tomonidan internet sarfini qanday kamaytirish mumkin?

Оставьте комментарий