O‘zbekistonda 11-sinf bitiruvchilari eng ko‘p qaysi kasbni tanlamoqda?

DO`STLARGA ULASHING:

⚡️O‘zbekistonda 11-sinf bitiruvchilari eng ko‘p qaysi kasbni tanlamoqda?

O‘tkazilgan so‘rovnomada 11-sinf bitiruvchilarining asosiy qismi pedagogika va psixologiya sohasida faoliyat yuritish maqsadi borligini aytishgan bo‘lib, ular 20,9%ni tashkil etadi. Bitiruvchilarning 9,1%i huquqshunoslikni, 7,5%i tibbiyotni, 5,1%i esa Axborot texnologiyalarini tanlaganini bildirgan.

So‘rovnomada 67% respondent kelajakda kim bo‘lmoqchiligini aniq tanlaganini, 11%i esa xorijga ishlash uchun ketmoqchiligini bildirgan. 6% respondent esa oila qurishni rejalashtirgan. Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, mamlakatimizda 100 dan ortiq kasb mavjud bo‘lsa-da, bitiruvchilar bor-yo‘g‘i 20 ga yaqin kasb haqida tasavvurga ega ekan.

Ps: Bitiruvchilarga kasb tanlashda maslahatlaringizni yozib qoldiring.

👉🏻 @engyokibirinchi | Manba (https://t.me/avloniyuz/4827?single)

Оставьте комментарий