Tormoz kalodkalarining umri sizga bog’liq !

DO`STLARGA ULASHING:

Tormoz kalodkalarining umri sizga bog’liq !
#Kalodka

Mashina haydash xarakteringizga qarab tormoz kalodkasining ham umri belgilanadi. Agar siz bosiq tabiatli bo’lsangiz-u mashinani tez haydashga qiziqmasangiz demak kalodka ham aytilgan muddatigacha yedirilib ketmasdan xizmat qilib bera oladi. Qanday qilib desangiz sababi oddiy: Qachonki tez haydasangiz mashinani to’xtatish ham shuncha ko’p kuch talab qiladi va pedalni ham shuncha qattiq bosasiz. Bu esa o’z navbatida tormoz tizimidagi metal qismlarining katta bosimda bir-biriga ishqalanishi olib keladi va bu jarayonda ko’p issiqlik ajralib chiqadi.

Yo’llarga bog’liq sabablar:
👉Shahar sharoitda kalodkalar tez yediriladi. Chunki yo’llarda tezlanish va tormozlanish ehtimolligi juda katta
👉Uzoq masofalarda bu qism nisbatan kam yediriladi. Chunki U yerda svetaforlar kam yoki stabilniy tezlikni saqlab qolish birmuncha oson.
👉 Tepaliklar, pastliklar yoki yomg’irli,qorli ob havolar kalodkaning dushmani
Mashinaga bog’liq sabablar:
👉Og’ir mashinalar kalodkaga katta kuch qo’yadi va umri kamayadi
👉 Keramik kalodkalar nisbatan uzoqroq yashaydi.

Shu faktorlarni hisobga olganda kalodkaning chidab berish davri 30.000 km dan 90.000 km gacha bo’lishi mumkin yoki yana ham o’zinginga bog’liq )

Оставьте комментарий