Papaverin gidroxlorid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Papaverin gidroxlorid foydalanish bo’yicha ko’rsatmalar, narxlar, haqida

?Papaverin gidroxlorid — qon tomirlarni kengaytiruvchi ( spazmolitik) va og’riq qoldiruvchi vosita.

?Papaverin gidroxlorid
#Papaverin gidroxlorid

?Ta’sir etuvchi faol modda : papaverin gidroxlorid — 0, 020 g

?Dori shakli : rektal shamchalar

?Ta’sir qilishiga ko’ra:

— Spazmolitik ( qon tomirlarni kengaytirib qon bosimini tushiradi).

?Qo’llanilishi:

— Silliq muskullar qisqarganda
— Yurak qon tomir qisqarganda
— Bosh miya qon tomirlar qisqarganda
— Bronxlar qisqarganda
— Stenokardiyada (majmuaviy davolash tarkibida) .

?Qo’llash usuli va dozasi

Rektal, kattalarga 1 ta rektal shamchadan kuniga 2 -3 marta

?Nojo’ya ta’siri:

— Allergik reaksiyalar
— Qon bosimi pasayishi
— qabziyat ( ich qotishi)
— Uyquchanlik

?Qo’llash mumkin bo’lmagan xolatlar:

— Preparatga yuqori sezuvchanlik bo’lganda
— Glaukomada
— Og’ir buyrak yetishmovchiligida
— Bolalarda qo’llash mumkinmas

?Maxsus ko’rsatma:

Davolanish paytida etil spirti qabul qilish mumkin emas.
Tamaki chekish ham bu preparatning tomirlarni kengaytirish xususiyatini pasaytiradi.

?Dorixonalardan berish tartibi:

Retsepsiz

?Eslatma:

Homiladorlikda ushbu preparatning xavfsizligi aniqlanmagan. Shifokor maslahati bilan qabul qilasiz.
Preparat bilan davolanish paytida emizishni to’xtatish kerak.

Оставьте комментарий