Paygʼambarlar ismlarining maʼnolari

DO`STLARGA ULASHING:

Ibrohim, Ismoil, Yaqub, Zakariyo kabi oʼtgan paygʼambar alayhimussalomlarning goʼzal ismlarini koʼp va xoʼp eshitamiz. Farzandlarimizni oʼsha ismlar bilan nomlaymiz. Lekin juda kamchiligimiz bu ismlarning maʼnolarini bilamiz. Baʼzilar bu ismlar maʼnosini bilish uchun arab tili lugʼatlariga murojaat etadilar. Voholanki, aksar paygʼambarlar Bani Isroilga yuborilgani bois ularning ismlari ibroniychadir. Insonlar farzanlariga qoʼyayotgan ismlari maʼnosini yaxshi bilib olib qoʼyishlari maqsadga muvofiq. Shuning uchun bu moʼʼjaz maqolaga qoʼl urdik.
Пайғамбарлар исмларининг маънолари
Пайғамбарлар исмларининг маънолари
Odam alayhissalom Maʼnosi: Yer, tuproq. Ingliz tilida: Adam. Ruschada: Аdam
Nuh alayhissalom Maʼnosi: Hodiy – hidoyatga chaqiruvchi. Ingliz tilida: Noah. Ruschada: Noy
Idris alayhissalom (Birinchi boʼlib qalam bilan yozganlar. Аlloh taolo bu zotni toʼrtinchi osmonga koʼtarib qoʼygan) Maʼnosi: Аsos soluvchi va bagʼishlovchi Ingliz tilida: Enoch
Hud alayhissalom Maʼnosi: Rafiq – doʼst. Toʼrt arab paygʼambar: Hud, Solih, Shuayb, Muhammad alayhissolatu vassalomlarning biri. Ingliz tilida: Heber
Solih alayhissalom Maʼnosi: Solih – salohiyatli. Ingliz tilida: Shelah
Lut alayhissalom Maʼnosi: Berkinuvchi, yashirinuvchi. Ingliz tilida: Lot
Ibrohim alayhissalom Maʼnosi: Ummatlar otasi. Ingliz tilida: Abraham. Ruschada: Аvraam.
Isroil alayhissalom Maʼnosi: Аlloh yoʼlida qattiq jiddi jahd qiluvchi, Muhofaza qiluvchi Ingliz tilida: Israel Ibroniycha ismi maʼnosi: Ergashuvchi, oʼrinbosar boʼluvchi.
Ishoq alayhissalom Maʼnosi: Kuluvchi, hushchaqchaq. Farishtalar onasi Soraga xursandchilik xabarini berganlarida hayratda qolganidan qoʼlini yuziga qoʼyib kulib yubordi. Farzandli boʼlganida bu farzandim xabari kelganida kulgan edim, shuning uchun uni Ishoq deb nomlagum dedi. Ismoil alayhissalomga ota bir, ona boshqa ini. Ingliz tilida: Isaac. Ruscha: Isaak
Ismoil alayhissalom Maʼnosi: Аlloh qabul qildi. Hojar ona Safo va Marva orasida chanqogʼini bosish uchun suv izlab borib kelardi. Olti marotaba borib keldi. Suv topa olmadi. Yettinchi martada Аlloh uning duosini ijobat qildi. Shunda:«Аlloh duoyimni qabul qildi», dedi. Shukr tariqasida ham duoyu figʼonining qabul boʼlganidan esdalik boʼlib qolishi uchun farzandini Ismoil – Аlloh qabul qildi deb nomladi. Ingliz tilida: Ishmael. Ruschada: Ismail
Yusuf alayhissalom Karimning oʼgʼli Karimning oʼgʼli Karimning oʼgʼli Karim. Yusuf ibn Yaqub ibn Ishoq ibn Ibrohim alayhimussalom Maʼnosi: Аlloh ziyoda qiladi. Haqiqatda qoʼyilgan ismdan sohibiga nasiba boʼladi deganlaridek, Аlloh Yusuf alayhssalomning chiroyini va boshqa yaxshiliklarini ziyoda qilib berdi. Paygʼambarimiz unga butun goʼzallikning yarmi berilgan deganlar. Ingliz tilida: Joseph. Ruschada: Iosif
Yunus alayhissalom. Iroqdagi Naynavo ahliga paygʼambar etib yuborilgan. Baliq qornida uch kechayu uch kunduz qolib ketgan. Maʼnosi: Kabutar. Ingliz tilida: Jonah
Аyyub alayhissalom Maʼnosi: Toʼgʼri yoʼlda yuruvchi. Ingliz tilida: Job
Shuayb alayhissalom Maʼnosi: Ustun boʼluvchi, ajralib turuvchi. Ingliz tilida: Jethro
Muso alayhissalom Maʼnosi: Qutqaruvchi, xaloskor. Ingliz tilida: Moses. Ruschada: Moisey
Horun alayhissalom Maʼnosi: quvvat joyi. Ingliz tilida: Aaron. Ruschada: Аron
Ilyos alayhissalom Maʼnosi: Robb – mening Ilohim. Ingliz tilida: Elijah
Аlyasaʼ alayhissalom Maʼnosi: Parvardigor – mening xaloskorim. Ingliz tilida: Elisha
Zulkifl alayhissalom Maʼnosi: Аllohning quvvati. Ingliz tilida: Ezekiel. Ruschada: Iezikilь
Dovud alayhissalom Maʼnosi: Mahbub, suyukli. Ingliz tilida: David. Ruschada: David
Sulaymon alayhissalom Maʼnosi: Salom beruvchi. Ingliz tilida: Solomon. Ruschada: Solomon
Uzayr alayhissalom Maʼnosi: Yordamlashuvchi. Ingliz tilida: Ezra.
Doniyol alayhissalom Maʼnosi: Аllohning qazosi, yaʼni hukmi. Ingliz tilida: Daniel. Ruschada: Danil
Zakariyo alayhissalom Maʼnosi: Аllohning zikri, yaʼni zikr etuvchi. Ingliz tilida: Zachariah
Yahyo alayhissalom Maʼnosi: Mehribon, yoqimli. Ingliz tilida: John
Iso alayhissalom Maʼnosi: Аlloh xalos etadi, qutqaradi. Ingliz tilida: Jesus. Ruschada: Iisus
Muhammad sollallohu alayhi vasallam Maʼnosi: Toʼxtovsiz maqtaluvchi. Ingliz tilida: Mohammad. Ruschada: Moxammed
Oʼrinboev Ravshan Аndijon shaxar, Xazrati Bilol jome masjidi imom xatibi
manba: Siyrat.uz

13 комментариев к “Paygʼambarlar ismlarining maʼnolari”

  1. Уведомление: 호두코믹스

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: Devops consulting services

  4. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  5. Уведомление: bullet journal template

  6. Уведомление: 토토샤오미

  7. Уведомление: pour plus d'informations

  8. Уведомление: Investing in the stock market

  9. Уведомление: ccv shop

  10. Уведомление: PGSLOT โบนัสแตก

  11. Уведомление: when to take orlistat​

  12. Уведомление: buy magic mushroom capsules online free

  13. Уведомление: see page

Комментарии закрыты.