Portugaliya

DO`STLARGA ULASHING:

Portugaliya (Portugal), Portugaliya Respublikasi (República Portuguesa) — Yevropaning janubiy -gʻarbida, Pirenei yarim orolda joylashgan davlat. Atlantika okeanidagi Azor orollari va Madeyra arxipelagini oʻz ichiga oladi. Maydoni 92,3 ming km². Aholisi 10,53 mln. kishi (2012). Poytaxti — Lissabon shahri Maʼmuriy jihatdan 2 muxtor viloyat, 22 okrug (distrito)ra boʻlingan, shundan 18 tasi materikda joylashgan boʻlib, 11 tarixiy viloyatga birlashgan.

Portugaliya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1976 yil 25 aprelda kuchga kirgan, unga 1982 va 1989 yillarda oʻzgartirishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (1996 yildan Jorje Sampayyu), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yilga va kupi bilan ikki muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Respublika majlisi (bir pala-tali parlament), ijrochi hokimiyatni Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi.

Оставьте комментарий