Prezervativlarning turlar va ularning foyda zararlari haqida.

DO`STLARGA ULASHING:

Prezervativlar va ularning turlari
Har bir erkak voyaga yetib albatta oila qurib jinsiy hayot bilan tanishadi. Oilaning mustahkamligi uning tinchligi, er va xotinning bir-birini tushunishi ko‘p tomondan jinsiy hayotning normal va barqaror kechishiga bevosita bog‘liq. Jinsiy hayotga kirishishdan avval, har bir kishi kontrasepsiya vositalaridan qanday foydalanish va ularning foyda zararlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lishi shart! Bu esa hali kutilmagan homilani oldini olish shu bilan birga jinsiy aloqadan yuqadigan havfli kasalliklardan himoyalanishning eng samarili usulidir.
Ushbu maqolada erkaklar kontraseptik vositalaridan biri bo‘lgan prezervativlar (Condom) va ularning turlari haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lasizlar.
Prezervativlar yaqin yillarga kelib paydo bo‘lgan kontrasepsiya vositalari emas, tarixiy qo‘lyozmalardan ma’lum bo‘lishicha Angliya qiroli Genrix VIII ning shifokori Charlz Kondom qirol uchun birinchi prezervativni qo‘y ichagining shilliq qavatidan tayyorlab bergan. Yillar mobaynida prezervativning takomillashuvi, turlari va xillarining ko‘payishi uning oddiy xalq orasida ham tarqalishiga olib kelgan.
Prezvativlardan foydalanishni deyarlik barchamiz yaxshi bilamiz, lekin uning turlari haqida yetarlicha ma’lumotga ega bo’lmasligimiz mumkin.
Ishlab chiqarish sifatiga ko‘ra:
•  Maxsus tuzilishlarsiz bo‘lgan oddiy, silliq prezervativlar;
•  Zich yopishib turadigan konturli prezervativlar, bular jinsiy olatning anatomik shakliga kira oladilar;
•  Maxsus tuzilgan prezervativlar – ularning sirtida maxsus bo‘rtmachalar mavjud;
Moyining mavjudligi va sifatiga ko‘ra:
•  Moysiz, oddiy prezervativlar (odatda juda kamdan kam hollarda uchraydi);
•  Moyli, oddiy prezervativlar, odatda ularda monopropilenglikol yoki silikonli moy ishlatiladi;
•  Ko’p moyli prezervativlar;
•  Aromatizatorli prezervativlar. Odatda ularning moylariga turli xushbo‘y moylar (parfyumeriyali, mevali) qo‘llaniladi;
•  Spermitsid moyli prezervativlar. Bunda prezervativ moyi tarkibida spermatozoidlarni o‘ldiruvchi, harakatchanligini pasaytiruvchi maxsus moddalar (nonoksino l-9) qo‘shilgan bo‘ladi;
•  ereksiya muddatini cho‘zdiruvchi prezervativlar, ularning moyi tarkibida ereksiyani ushlab, urug‘ otilish vaqtini cho‘zuvchi moddalar qo‘shilgan bo‘ladi;
•  Qo‘zg‘atuvchi prezervativlar, ularning moyi tarkibida qon tomirlariga tezda so‘riluvchi, hissiyotni qo‘zg‘atuvchi va sezgirlikni pasaytiruvchi moddalar qo‘shilgan bo‘ladi.
Tayyorlangan materialiga ko‘ra:
•  Lateksli prezervativlar: odatda bunday prezervativlar tarkibida 92% tabiiy lateks mavjud bo‘ladi.
•  Latekssiz prezervativlar: Bular odatda poliuretan va kamdan kam hollarda qo‘zichoqning ichagidan (lekin juda qimmat) tayyorlanadi.
•   Poliuretanli prezervativlar: yapon texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan bo‘lib, prezervativlardagi allergen xususiyatni kamaytirish maqsadida qo‘llaniladi, ular lateksli prezervativlardan o‘ta yupqa va samarali hisoblanadi.
Boshqa bir qancha belgilariga ko‘ra:
•  O‘lchami nisbatan katta bo‘lgan prezervativlar: Bunday prezervativlarning odatdagi standart prezervativlardan farqi aylanasi 5.4-5.6cm bo‘lishidadir.
•  Juda pishiq, mustahkam prezervativlar: Ular jinsiy olat hajmi kattalashganda vaqtida ham o‘z mustahkamligini yo‘qotmaydi.
•  O‘ta yupqa prezervativlar: jinsiy aloqa vaqtida ularning borligi hatto sezilmaydi (Prezervativ ishlatishni yoqtirmaydiganlarga odatda shu turdagi prezervativlardan foydalanish tavsiya etiladi).
•  Nur taratuvchi prezervativlar: bularning moyi tarkida turli fosfor moddalari mavjud bo‘lib, prezervativ qo‘llanilgan vaqtida faqatgina qorong‘u xonada uni yaqqol sezish mumkin. Bu odatda jinsiy munosabatga o‘zgacha hissiyot uyg‘otish, rang-baranglik qo’shish uchun qo‘llaniladi.
•  Rangli prezervativlar: Ular ham jinsiy aloqada o‘zgacha hissiyotlarni yuzaga kelishi uchun xizmat qiladi.
•  Turli qo‘shimchali: (o‘simta, gajaklar, bo‘rtmalar va h.k.) prezervativlar (Ayollarning jinsiy aloqadan lazzatlanishlarini ortirish maqsadida) foydalaniladi.
•  Bir necha marta qo‘llaniladigan prezervativlar: Ushbu prezervativlar Hind kompaniyalarining mahsuloti bo‘lib, u o‘ta yupqa va mustahkam lateksdan ishlangan bo‘lib, uni ko‘p marotaba qo‘llash mumkin (tozalash noqulayligi uchun tavsiya etilmaydi).
Klassik prezervativlar:
Ushbu prezervativlarni nomiga e’tibor bergan bo’lsangiz klassik uslubda tayyorlanadi, tabiiy lateksdan ishlanadigan prezervativlar bo‘lib, silliq yuzali va uchida spermani to‘plovchi rezervuari mavjud. Silikonli gel bilan moylangan bu prezervativlar, ortiqcha ishqalanishdan himoya qiladi. Ko‘pgina prezervativlar diametri, qalinligi va uzunligi bilan farqlanadi. Ushbu mahxsulotlar albatta statistik tekshiruvlar asosida ishlab chiqariladi. Ushbu prezervativlar odatdagi qo‘llashlar uchun juda qulay hisoblanadi, jinsiy aloqa vaqtida sezuvchanlik tabiiy sezuvchanlikka juda yaqin bo‘ladi, lekin bu prezervativlardan silikonli gel va tabiiy lateksga allergiyasi borlar foydalanishi tavsiya qilinmaydi.
Ma’qolaning yakuniy qismi:
Anatomis prezervativlar:
Ushbu prezervativlar yuqoridagi klassik uslubdagi prezervativlardan biroz farq qiladi. Ularning zich yopishuvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, olatning aynan anatomik shakliga kira oladi. Bundan tashqari u olatga zich yopishib turish bilan birga uning chetki qismidan spermaning chiqib ketishiga aslo yo‘l qo‘ymaydi. Prezervativ qo‘llanilganda sezuvchanlik odatdagi tabiiy sezuvchanlikdan farq qilmaydi. Ushbu prezervativdan olatning o‘ziga individual shakliga ega bo‘lgan erkaklar foydalanishi ko‘zda tutiladi.
Spermiside/Prolonged prezervativlar:
Ushbu prezervativlar ularni moylashda ishlatiladigan moyning tarkibidagi o‘ziga xoslik bilan ajralib turadi. Ularning tarkibida sperma suyuqligidagi spermatozoidlarni o‘ldiruvchi modda mavjud.  Ushbu prezervativ qo‘llanilganda eyakulyatsiya (bo’shanish) kechroq bo‘lib, ereksiya (jinsiy olat tarangligi) uzoq saqlanishi hisobiga jinsiy aloqa birmuncha uzoq davom etadi. Shu bilan birga shuni ham alohida aytib o‘tish lozimki, ushbu prezervativlarni doimiy ravishda qo‘llash maqsadga muvofiq emas, ular ayol kishi qini disbiozini yoki turli allergiyalarni keltirib chiqaradi.
Ribbed/Dotted yoki qovurg‘ali prezervativlar:
Ushbu prezervativlarning boshqa turdoshlaridan asosiy farqi ularning tashqi tuzilishida bo‘lib, prezervativ yuzasi turli nuqtalar, chiziqlar va boshqa qo‘shimchalarga ega. Bu jinsiy aloqa vaqtida qo‘shimcha hissiyotga erishish uchun qo‘llaniladi. Lekin bu prezervativlar klassik uslubdagi prezervativlardan qalinligi bilan farqlanadi.
Solor va Aroma prezervativlar:
Bu turli rangdagi, ta’mdagi va hiddagi prezervativlar bo‘lib, klassik uslubdagi prezervativlarning nisbatan o‘zgartirilgan ko‘rinishi xolos.
Prezervativlarni qo‘llash jarayonida yana shuni ham eslatib o‘tish joizki, oilada istalmagan homiladorlikning oldini olish yoki turli yuqumli kasalliklarning er-xotindan biriga yuqishini oldini olish vaqtida qo‘llashda ikki tomonning fikrini inobatga olish lozim.
ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek