Prezidentlar haqida 5 fakt

DO`STLARGA ULASHING:

1. Prezident Donald Tramp okean ortidagi 268 firma va ob’yektga o‘z ismini bergan.

2. 1971 yili Gaitida o‘tkazilgan referendumdan keyin otasining o‘rniga prezident bo‘lgan Jan-Klod Dyuvale atigi 19 yoshda edi. Referendumdagi savolga gaitiliklarning bari ijobiy javob bergan.

3. 4166 nafar turkmanistonliklar mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bastalagan qo‘shiqni bir vaqtning o‘zida ijro etgan. Bu ijro esa Ginnessning rekordlar kitobidan o‘rin oldi.

4. Marhum Fidel Kastro hokimiyatni 52 yil davomida boshqargan. Hozirgi prezidentlar orasida rekord Teodoro Obiang Ngema Mbasogoga tegishli bo‘lib, u Ekvatorial Gvineyani 37 yildan beri boshqarib kelmoqda.

5. Urugvayning sobiq prezidenti Xose Muxika har yili maoshining 90 foizini xayriyaga sarflagan. Hozir u fermadagi uch xonali uyda yashayapti, suvni esa quduqdan tashiydi.

new.fikrat.uz

Оставьте комментарий