Вы сейчас просматриваете QANDAY HOLLARDA SUBSIDIYA BЕRILISHI RAD QILINADI.

QANDAY HOLLARDA SUBSIDIYA BЕRILISHI RAD QILINADI.

  • Автор записи:
  • Рубрика записи:Yuridik
  • Комментарии к записи:0 комментариев

DO`STLARGA ULASHING:

QANDAY HOLLARDA SUBSIDIYA BЕRILISHI RAD QILINADI.

⚡️ Savol; Uy-joy sotib olish uchun subsidiya berilishi qanday hollarda rad qilinishi mumkin ?

⚡️ Javob; Hukumatning 25.03.2020 yil kungi 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, quyidagi hollarda ariza beruvchiga uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratilishi rad etilishi mumkin:

? Kerakli xujjatlar to‘liq taqdim etilmaganda;

? Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;

? Taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki soxta ma’lumotlar mavjud bo‘lganda;

? Mas’ul tashkilotlar xulosalariga asosan jami 30 dan past ball to‘plaganda;

? Ilgari shahar va qishloq joylarda arzon uy-joy qurish dasturlari doirasida imtiyozli ipoteka kreditlaridan foydalangan holda kvartira yoki yakka tartibdagi uy-joy hamda subsidiyalar olgan oila a’zolari (eri, xotini) takroriy murojaat etganda;

? Joriy yil uchun ajratiladigan subsidiyalar soni tugaganda;

? Ishtirok etuvchi bank tomonidan ariza beruvchi fuqaro (birgalikda qarz oluvchi) ajratiladigan ipoteka krediti bo‘yicha to‘lovga layoqatsiz deb topilganda;

? Ariza beruvchida kredit tashkilotlaridan oldingi olingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lganda;

? Oilaning oylik daromadi bundan oldingi postdagi kabi belgilangan miqdorlardan ko‘p yoki kam bo‘lganda.

Добавить комментарий