Qanday hollarda tagliklardan foydalanmagan ma’qul?

DO`STLARGA ULASHING:

Qanday hollarda tagliklardan foydalanmagan ma’qul?

Taglik bola gavdasining qariyb uchdan bir qismini yopib turadi, shu tufayli, agar bolada yuqori harorat kuzatilayotgan bo‘lsa, u issiqlik almashuvi normal kechishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ichak faoliyati buzilganida, xususan, ich suyuq kelayotganda, taglik kiyib yurish teriga zarar yetkazishi mumkin. Pediatrlar, shuningdek, bola chala tug‘ilganida dastlabki to‘rt—olti hafta davomida taglikdan foydalanmaslikni tavsiya qiladi.

🤦🏻‍♀️Tagliklar allergiya keltirib chiqarishi mumkinmi?

Ha, agar taglikdan foydalanganda, bolaning terisi qizarsa, toshmalar yoki dog‘lar paydo bo‘lsa, bu individual ko‘tara olmaslik yoki kontaktli dermatit bo‘lishi mumkin. U holda dastlab taglik markasini almashtirib, maxsus kremdan foydalanib ko‘ring, simptomlar o‘tib ketmasa, albatta pediatr bilan maslahatlashing. Ehtimol, bunday ota-onalarga tuvakka barvaqt o‘rgatish usulidan foydalanishiga to‘g‘ri keladi.

🙋🏻‍♀️Tagliksiz qanday amallash mumkin?

Bolani tuvakka barvaqt (chaqaloq tug‘ilganidan keyingi ilk haftalardanoq) o‘rgatish uni tagliksiz ham eplash imkonini berishi mumkin.
Bundan tashqari, oddiy yo‘rgaklar yoki ko‘p martalik matoli tagliklardan foydalanish mumkin. Nima bo‘lganda ham, bir martalik taglik bola va onaning faqat “vaqtinchalik” do‘sti ekanligini unutmang. O‘z farzandlarini zamonaviy tagliklarsiz katta qiling😊

Оставьте комментарий