Qanday qilib Aliexpressda ro’yxatdan o’tish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Mendan Qanday qilib Aliexpressda ro’yxatdan o’tish mumkin? Bu qiyin emasmi? — deb ko’p so’rashgan.  Hadeb hammaga bir narsani takrorlayvermaslik uchun, hattoki eng uquvsiz odam ham 5 daqiqada ro’yxatdan o’ta olishi uchun ushbu rasmlarga boy maqolani yozishga qaror qildim. Agar sizga o’qish yoqmasa, VIDEO darsligimizni ko’ring

 

Nimadan boshlasak ekan? Darhol RO’YHATDAN O’TISH sahifasiga boramiz. Sizning oldingizda quyidagicha ro’yhatdan o’tish formasi paydo bo’ladi:

Agar sizda Facebook yoki Google akkauntingiz bo’lsa, FB tugmasini bosib, ijtimoiy tarmoq orqali ham ro’yhatdan o’tishingiz mumkin. Facebookda akkauntingiz tasdiqlanganidan so’ng shunday sahifaga tushasiz:

Создать Новый счет Aliexpress (yangi profil ochish) vkladkasiga o’tib barcha maydonni to’ldirish kerak, keyin esa Create My Acoount (Akkaunt ochish) tugmasini bosasiz. Bo’ldi, siz aliexpressda profil ochdingiz.

Lekin bu aliexpressda registratsiya qilish tugadi degani emas, pochtangizga kirib profilni tasdiqlashingiz kerak bo’ladi, shuning uchun elektron pochta manzilingizni ANIQ yozing. Mana ro’yhatdan o’tganingizdan so’ng aliexpress sizga nima yozadi (tarjimasi)

Sizning akkauntingiz yaratildi. Tasdiqlash xati sizning elektron manzilingizga yuborildi: pochta@yandex.ru yoki boshqa

Elektron manzilingizni tasdiqlashingiz bilanoq, Sizning akkauntingiz aktivlashtiriladi.

Profilingizni tasdiqlaganingizdan so’ng, siz Aliexpressga usha pochta manzilingiz yoki Facebook va Google profilingiz yordamida kirishingiz mumkin.

Ya’ni, keyinchalik ham kirmoqchi bo’lsangiz, login va parol kiritib o’tirmasdan, Facebook orqali kirishingiz mumkin:

Agar sizda Facebook bo’lmasa, xohlasangiz Vkontakte yoki Google akkauntlari orqali ham ro’yxatdan o’tishingiz mumkin. Lekin buning uchun avval oddiy ro’yhatdan o’tib va aliexpressdagi akkauntingizni google yoki vkontakte akkauntingizga bog’lab qo’yishingiz kerak bo’ladi:

MUHIMI: barcha ma’lumotlarni LOTINCHA HARFLAR bilan to’ldirish kerak!

Ro’yhatdan o’tgandan keyin nima qilish kerak?

Ro’yhatdan o’tganingizdan so’ng bemalol GoShopping Now (xarid qilishni hoziroq boshlash) tugmasini bosib xarid qilishni boshlashingiz mumkin.

 

Lekin buyurtma berishga shoshilmang chunki bilishingiz kerak bo’lgan ba’zi narsalar bor, bu sizga xarid qilayotganingizda KATTA pul tejashga yordam beradi.

Birinchidankeshbek servislarining biridan ro’yhatdan o’ting, bu sizga xaridingizdan 18% gacha qismini qaytarib olishga yordam beradi.

Ikkinchidantovaringizga kupon topishga harakat qiling, bu ham xarid qilayotganda yahshigina tejashga yordam beradi.

Shuningdek Qanday qilib aliexpressda eng arzon tovarni topish mumkin? — deb nomlangan maqolamizni albatta o’qib chiqing.

Buyurtma qilgan maxsulotingiz sizning manzilga to’g’ri yetib borishi uchun, manzilingizni to’g’ri to’ldirishingiz kerak, buni qanday amalga oshirish ushbu maqolamizda ko’rsatilgan.

Shunday qilib, aliexpressda ro’yxatdan o’tish siz uchun oson o’tdi deb o’ylayman. Agar savollaringiz bo’lsa ushbu bo’limda qoldiring,  yoki izohlar yozing (buning uchun ro’yxatdan o’tish shart emas), men ularga har doim javob yozaman.

15 комментариев к “Qanday qilib Aliexpressda ro’yxatdan o’tish mumkin?”

  1. Уведомление: Sweet_dianaxxx Chaturbate

  2. Уведомление: as.travelbellross.com

  3. Уведомление: maxbet

  4. Уведомление: shrooms near me

  5. Уведомление: sbo

  6. Уведомление: คลิปหลุด

  7. Уведомление: ยืมเงินด่วน

  8. Уведомление: where to buy mushrooms online quiz

  9. Уведомление: เอสบีโอ

  10. Уведомление: sbobet

  11. Уведомление: pour plus d'informations

  12. Уведомление: good news chocolate bar

  13. Уведомление: learn more

  14. Уведомление: Where to buy DMT Melbourne

  15. Уведомление: Study Medicine in Nigeria

Комментарии закрыты.