Koronavirus pandemiyasi qachon va qanday tugaydi?

DO`STLARGA ULASHING:

COVID-19 dunyo miqyosida 1 milliondan oshiq odamga tarqalgan va ko’plab mamlakatlar ushbu pandemiyani sekinlashtirish uchun karantin joriy qilayotgan hozirgi paytda aksariyat insonlarda tug’ilayotgan savol shunday bo’lmoqda: «Bularning hammasi qachon tugaydi?«
Bu savolga javob ko’p jihatdan koronavirus haqidagi mavhumlik, shuningdek, bir kishi uni bir martadan ko’proq yuqtirib olish mumkinligi va dunyo olimlari vaksinani qanchalik tez ishlab chiqarishiga bog’liq.
1.Xo’sh, bu qanday yakunlanadi?
Pandemiya faqat ommaviy immunitetni shakllantirish bilan yakunlanadi, degan fikr mavjud. Bu holatda jamiyatdagi etarlicha odam virusdan himoyalanadi va virus hech kimga yuqmaydi va o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketadi. Ushbu natijaga erishishning ikki yo’li bor. Birinchisi – bu ommaviy emlashdir. Bunda tadqiqotchilar koronavirusga qarshi xavfsiz va samarali bo’lgan vaksinani ishlab chiqishlari kerak va hukumatlar uni etarli miqdorda odamlarga etkazib berishlari kerak. Ommaviy immunitetni shakllantirishning ikkinchi usuli biroz yoqimsiz: Bunda jamiyatdagi odamlarning ko’p qismi virus bilan kasallanadi va ularning immunitetida tabiiy ravishda kasallikka qarshilik ko’rsatish qobiliyati paydo bo’ladi.
2. O’sha vaqtgacha biz qanday yo’l tutamiz?
Ko’pgina mamlakatlarda virus tarqalishini sekinlashtirish uchun karantin joriy qilinmoqda. Korxonalar va maktablar yopilib, ommaviy yig’ilishlar taqiqlanyapti va odamlarni uyda qolishga targ’ib qilinmoqda. Bunda asosiy maqsad juda ko’p insonlarning infeksiyalanishini oldini olishdir. Agar bunday qilinmasa mamlakatlardagi sog’liqni saqlash tizimi ishdan chiqadi va ko’plab insonlar halok bo’ladi. Mazkur usul uzoqroq vaqtga cho’ziladi. Bunda hokimiyat va sog’liqni saqlash xodimlari ommaviy tekshiruvlarni o’tkazadilar, infeksiya zanjirini nazoratga oladilar va kasallarni davolash uchun sharoit yaratadilar. Albatta, bu ishlar ko’proq muddat talab etadi.
3. Karantindagi cheklovlar qachon bekor qilinadi?
Odamlar hayot tezda odatiy holga qaytishini kutmasliklari kerak. Cheklovlarni juda erta olib tashlash yangi xavflarni keltirib chiqaradi. Xitoyda hokimiyat pandemiya boshlangan Uhanь shahrini dunyodan uzib qo’ygan “qamaldan” ikki oy o’tibgina qayta ochishni boshladi. Bu shaharda kasallik deyarli yakunlandi. Ammo Xitoy qo’llagan choralar boshqa mamlakatlarga qaraganda qattiqroq edi va hozir kamida bitta hudud qaytadan karantinga olindi. Angliya bosh tibbiy amaldorning o’rinbosari Jenni Harrixning ta`kidlashicha, karantin choralari ikki, uch yoki olti oygacha davom etishi kerak. Londonlik professor Annelies Vilder-Smitning tavsiya qilishicha, kunlik virusni yuqtirib olganlar soni kamida ikki hafta mobaynida tushishda davom etguncha karantin cheklovlarini saqlab qolish zarur.
4. Keyin nima qilinadi?
AQShlik sog’liqni saqlash mutaxassilari, shu jumladan, Skott Gottlieb taqdim etgan «yo’l xaritasi»ga ko’ra, maktablar va korxonalar qayta ochiladi, ammo ommaviy yig’ilishlarning cheklanishi saqlab qolinadi. Odamlarni bir-birlaridan uzoqroq yurishda davom etadilar va kasallikka ko’proq chidamsiz bo’lganlarga ommaga qo’shilishlarini cheklash tavsiya etiladi. Agar virus tarqalishi yana ko’payib borsa, cheklovlar kuchaytiriladi. London Imperial kolleji tadqiqotchilari tomonidan tuzilgan reja esa qat`iyroqdir. Ularning versiyalariga ko’ra, odamlarning aloqalari ommaviy immunitet shakllantirilgunga qadar 75 foizga qisqartirilishi zarur. Ushbu bosqichda qanday qilib bo’lmasin ko’plab odamlarni tekshiruvdan o’tkazishga sharoit yaratish muhimdir. AQShda haftasiga kamida 750,000 kishi tekshiruvdan o’tkazilishi kerak.
5. Nega tekshiruv o’tkazish shunchalik muhim?
Ushbu virus ko’p zararni keltirib chiqarmoqda. Bu, uning o’limga olib kelishi mumkinligidan emas, balki u “makkor” bo’lgani uchundir. Ya`ni, kasallikka chalinganlarning aksariyati o’zini yaxshi his qiladi va ish joyiga boradi. Natijada, ular o’zlari bilmagan holda boshqalarga virusni tarqatishadi. Shuning uchun kasallik alomatlari bo’lgan har bir odamni tekshirish zarurdir. Shu yo’l bilan kasalliklarga chalinganlarni izolyasiya qilish va ular bilan yaqin aloqada bo’lgan barcha odamlarni topib, ularni tekshirish mumkin. Bu esa virusning tarqalishini cheklaydi.
6. Nega sizning qaerdaligingiz muhim?
Xitoy kabi avtoritar davlatlar odamlar harakatiga qattiq nazoratni o’rnatishi mumkin. Bunda tibbiyot hodimlari odamlar isitmasini tekshirish uchun uyma-uy yurishlari, ularni karantinga olish va nazorat qilish singari siyosatni olib boradilar. Bu boshqa davlatlar uchun yanada qiyin bo’ladi. Qashshoq davlatlar uzoq vaqt davom etadigan cheklovlar tufayli kelib chiqadigan iqtisodiy yo’qotishlarni osonlikcha qoplay olmaydilar. Ular hammani nazoratga olish imkoniyati bo’lgan sog’liqni saqlash infratuzilmasiga ega emaslar.
7. Vaksina qancha vaqtda tayyor bo’lishi mumkin?
Dunyo bo’ylab o’nlab kompaniyalar va universitetlar vaksina yaratish ustida ishlamoqda. Ammo ularning tantana qilishiga kafolat yo’q. Odatda vaksinaning yaratilishi uzoq va murakkab jarayon bo’lib, dorining xavfsiz va samarali bo’lishini ta`minlash uchun ko’p yillik sinovlar kerak bo’ladi. Koronavirus bilan kurashda, ba`zilar 12-18 oy ichida vaksinani tayyorlashni maqsad qilishmoqda. Shuningdek, olimlar yangi texnologiyalarga, masalan, inson hujayralariga virusli genetik materialni qo’shadigan va immunitetga ta`sir ko’rsatadigan oqsillarni keltirib chiqaradigan texnologiyalarga tayanmoqdalar. Mutaxassislarning aytishicha, odamzot yaxshi yangilik borasida shoshmasligi kerak. Bu usullar ish berishi yoki kompaniyalar etarlicha vaksina tayyorlay olishi bu hali mavhum masala.
8. Ommaviy immunitetni shakllantirishning ikkinchi usuli haqida nima deyish mumkin?
Birinchidan, bu infeksiyadan tuzalgan odamlar kasallikka qarshi uzoq muddatli immunitetga ega bo’lgan taqdirdagina yuz beradi. Koronavirus bilan bu hali ham ma`lum emas. Ommmaviy immunitetni shakllantirishda qancha odam virusga chalinishi kerakligi ham noma`lum. Masalan, difteriya kasalligiga qarshi immunitet hosil qilish uchun 75% odam, qizamiqqa esa 91% odam kasallikni yuqtirib, u bilan kurashishi kerak bo’lgan. Buyuk Britaniya hukumatining bosh ilmiy maslahatchisi Patrik Vallans fevralь oyida koronavirusga qarshi insonda immunitet hosil bo’lishi uchun 60 foiz odam u bilan kasallanishi kerak, deb aytgan.
9. Boshqa variantlar bormi?
Bizga omad kulib boqishi mumkin va virus yozning boshlanishi bilan Er sayyorasining shimoliy yarim sharida to’xtashi mumkin. Ammo iliq ob-havo koronavirus tarqalishida qanday rol o’ynashi noma`lum. Kasallik tarqalishi kamaysa ham, u kuzda yana qaytib kelishi mumkin. Ba`zilar juda samarali bo’lgan terapiya yordam berishiga yoki virusga qarshi dori topilishiga umid qilmoqdalar.

23 комментария к “Koronavirus pandemiyasi qachon va qanday tugaydi?”

  1. Уведомление: คาสิโนออนไลน์เว็บตรง

  2. Уведомление: best cvv shop 2022

  3. Уведомление: employment

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: check this link right here

  6. Уведомление: เงินด่วน

  7. Уведомление: cloud sunucu

  8. Уведомление: voir ce site

  9. Уведомление: mushroom microdosing companies

  10. Уведомление: drug rehab

  11. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  12. Уведомление: check that

  13. Уведомление: Buy Crystal Meth Online For Sale Melbourne

  14. Уведомление: Carpet Cleaning Elizabeth

  15. Уведомление: 티비위키

  16. Уведомление: 토렌트 다운

  17. Уведомление: https://www.dallasnews.com/marketplace/2023/09/29/phenq-reviews-legit-diet-pills-or-fat-burner-scam/

  18. Уведомление: Morphine Sulfate online shop

  19. Уведомление: มวยพักยก

  20. Уведомление: escort near me

  21. Уведомление: faceless youtube niches

  22. Уведомление: blote tieten

  23. Уведомление: วิเคราะห์บอลวันนี้

Комментарии закрыты.