Qaysi usullar tana haroratini tushirishda foyda bermaydi?

DO`STLARGA ULASHING:

Qaysi usullar tana haroratini tushirishda foyda bermaydi?

🚫Quyidagi holatlar tana haroratini tushirishda foyda beradi, degan fikr bor. Ammo bu notoʻgʻri. Xoʻsh, qaysi hollarda tana haroratini tushirish foydasiz?

💊14 yoshgacha boʻlgan bolalarga aspirin berish. Ushbu preparat jigar va miyaning shishishi bilan bogʻliq xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin (Reya sindromi).

🥃Tanani sirka (uksus) yoki spirtli ichimliklar bilan artish. Ayniqsa, bola haqida gap ketganda. Tanaga surtilgan spirtli ichimlik nafas yoʻllariga kiradi va bundan tashqari, u teriga singib ketadi, natijada, spirtli ichimliklardan zaharlanishga olib keladi. Sirka (uksus) esa terini kuydiradi.

🚿Sovuq dush qabul qilish. Shifokor bilan maslahatlashmasdan sovuq dush qabul qilish. Bunday usul orqali haroratning keskin pasaytirilishi angiospazmni keltirib chiqarishi mumkin, bu esa holatni yanada yomonlashtiradi.