GAYMORIT HAQIDA BATAFSIL

DO`STLARGA ULASHING:

GAYMORIT HAQIDA BATAFSIL

#Gaymorit👇

sinusitning tarqalgan turi, gaymor bo’shlig’i shilliq qavatining yallig’lanishi. Odatda havo sovuq mahalida yuzaga keladi.

Turlari:
1.O’tkir gaymorit – infeksion kasalliklardan so’ng yuzaga keladi (skarlatina, qizamiq, gripp)
2.Surunkali gaymorit – davolanmagan hollarda o’tkir gaymoritdan yuzaga keladi.

Tiplari: — Bir tomonlama gaymorit — Ikki tomonlama gaymorit

#SABABLARI👇

1.Respirator kasalliklar asorati
2.Allergik reaksiyalar
3.Fiziologik o’zgarishlar (burun to’sig’i qiyshayishi)
4.Og’iz va burun bo’shlig’i surunkali kasalliklari (surunkali rinit, surunkali tonzillit, adenoidlar)
5.Tish kasalliklarida infeksiya tarqalishi

#BELGILARI👇

1.Burundan to’q yashil yiringli ajralmalar
2.Gaymor bo’shlig’i sohasida og’riq
3.Hid sezish buzilishi
4.Yuqori harorat
5.Burun bitishi
6.Doimiy tumov (surunkali gaymoritda)

#DIAGNOSTIKA👇

1.Burun bo’shlig’ini ko’zdan kechirish
2.Rentgenografiya
3.Burun bo’shliqlarini kompyuter tomografiyasi (surunkali gaymoritda)

#DAVOLASH👇

1.Antibiotiklar
2.Shilliq ajralishini sekinlashtiruvchilar
3.Burun bo’shliqlarini yuvish
4.Burun bo’shliqlarini teshish
5.Gaymorotomiya (bo’shliqlarni tozalash uchun o’tkaziladi)

#ASORATLARI👇

1.Oftalmit – ko’rish a’zosi va qobiqlarining yallig’lanishi
2.Ko’rish nervi yallig’lanishi
3.Meningit – bosh miya yumshoq to’qimalarining yallig’lanishi 4.Ensefalit – bosh miya yallig’lanishi
5.Osteomiyelit – suyakning yiringli yallig’lanishi

#PROFILAKTIKA👇

1.Gigiyenaga rioya qilish
2.Chekmaslik
3.Spirtli ichimliklar qabul qilmaslik (gaymor bo’shlig’ida shish yuzaga keladi)
4.Ifloslangan havoda bo’lmaslik.