Qilich Xon — Boburiylarning O’zbek sarkardasi

DO`STLARGA ULASHING:

Qilich Xon — Boburiylarning O’zbek sarkardasi
Qilich xon 17asr boshlarida Buxoro Xonligining Samarqand shahrida so’fiy ulamolar oilasida dunyoga keldi. Asl ismi Xo’ja Obidxon Siddiqiy bo’lgan, Qilich Xon ismini Boburiylar Imperatori Shoh Jahon bergan.
Qilich Xon yoshligidan oila a’nanalarini buzib Sulolaviy o’tib kelayotgan Diniy Ulamo bo’lishni o’rniga Jangchi bo’lishni tanlaydi. Samarqandagi madrasalarda Quron va Fiqhdan dars olsa bir vaqtda Jang sanati, Qilich va Kamondan o’q otishda mohir bo’lib yetishadi. Bir oz vaqt Buxoro xonligi armiyasida xizmat qilib keyin Haj safari uchun Makkaga yo’l oladi.
Juda kuchli xarbiy qobiliyati atrofga ham tarqab Boburiylar saroyigacha yetib boradi. Haj safarini Hindiston yo’li orqali qilayotganini eshitib Shoh jahon uni o’z huzuriga chaqirtiradi va Boburiylar qo’shinida qo’mondon bo’lishni taklif qiladi. Haj safaridan so’ng Boburiylarga qo’shilishni qabul qiladi va Shoh Jahon unga Qilich Xon ismini beradi.
Bir oz vaqt Boburiylar safida xizmat qilgandan so’ng 1658yil taxt uchun kurashlar boshlanadi. Qilich Xon Avrangzeb Olamgirni qo’llagan eng katta amaldor edi. 1658 yil Samarugh jangida taxt uchun yakuniy urush bo’lib o’tadi. Avrangzeb tarafida Shoh Jahon valiaxt qilib tayorlagan Doro Shikohga qarshi jang qiladi va g’alabaga erishadi. Avrangzeb shu yil taxtga chiqib Boburiylarni yangi Imperatoriga aylanadi.
Qilich Xon Boburiylarni bosh qo’mondoni etib tayinlanadi. 1667 yil Ajmer Voliysi, 1672 yil Multan voliysi bo’ladi. Avrangzebni Hindistoni birlashtirish uchun olib borgan xarbiy harakatlarida eng muhim qo’mondonlardan biriga aylanadi. Yuzlagan jang va qa’la qamalarida qatnashadi.
1687 yil Golcanda shahrini qamal qilish vaqtida Zambarakdan otilgan o’q qo’lini uzib yuboradi. Qilich Xon bir amallab Xarbiy lagerga Bosh Va’zir Asad Xon oldigacha yetib oladi. Lekin ko’p qon yo’qotgani sababli ertasi kuni vafot etadi. Shahar fath qilingandan so’ng Qilich Xoni qo’lini u doim ta’qib yuradigan uzugi orqali tanishadi va jasadi bilan birga ko’mishadi.
Keyinchalik o’g’li Ghaziuddin Xon uni lavozimlarini egallaydi. Ghaziuddinni o’g’li Asaf Johi Nizamulmulk Boburiylar Bosh va’ziri va Deccan sultoni bo’ladi. Qilich Xon ning avlodlari 1948 yilgacha Haydarabodda hukumronlik qilishadi.

Оставьте комментарий