DO`STLARGA ULASHING:
O’zbek tili – millat faxri va g’ururi
Sahifamizda ona tilimiz – O‘zbek tili haqida so‘z yuritamiz. 21-oktabr O’zbek tili kuni bayramiga bag’ishlanadi.
O’zbek tili bayrami kuni insho.
O‘zbek tili – millat faxri va g‘ururi.
Til – xalqning yuragi, millatning ruhi, insonning eng buyuk boyligidir. Biz uchun esa bu tildan azizroq, muqaddasroq ne’mat yo‘q. Chunki o‘zbek tili ajdodlarimizning o‘lmas merosi, xalqimizning asrlar davomida shakllangan madaniy xazinasi hisoblanadi.
Har yili 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana 1989-yilda “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kunni yodga soladi. Shu kundan boshlab o‘zbek tili davlat maqomiga ega bo‘lib, xalqimiz o‘z so‘zi, o‘z nutqi, o‘z g‘ururiga ega bo‘ldi.
Tilimiz — Alisher Navoiy, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi buyuk so‘z san’atkorlari yaratgan bebaho merosdir. Ularning asarlarida o‘zbek tilining boyligi, ohangi va jozibasi yaqqol namoyon bo‘ladi.
Bugun bizning vazifamiz – ona tilimizni sevish, to‘g‘ri yozish va iftixor bilan so‘zlashdir. Chunki tilni asragan xalqning ruhi so‘nmaydi, mustaqilligi mustahkam bo‘ladi.
