Qisqa savolga, qisqa javoblar — FAQ

DO`STLARGA ULASHING:

Qisqa savolga, qisqa javoblar — FAQ
#xulosa

Kanalda juda ko’p foydali postlar yozildi, hammasini o’qib chiqishga vaqt yetmasligi mumkin, shuning uchun, yozilgan postlar ichidan sizga kerakligini, 10 ta qisqa savol-javob ko’rinishda berib o’taman:

1. Anonim brauzerlarni ishlatmasdan, kirilgan saytlarni Google akkount bilmaydigan yoki brauzer tarixida qolmaydigan qilish mumkinmi?
Ha, uning uchun brauzerlarda inkognito rejimidan foydalanish lozim:
— Internet Explorer uchun: CTRL+SHIFT+p
— Google Chrome uchun: CTRL+SHIFT+n
— Mozilla Firefox uchun: CTRL+SHIFT+p

2. Kompyuterda qanday qilib tez ishlash mumkin?
Buning uchun hotkey’lardan foydalanish kerak, ya’ni ko’p narsani klaviatura tugmalari yordamida bajarish lozim.

3. Texnikalarni qanday tanlash lozim?
Dastlab, nima maqsadda sotib olayotganingizni aniqlab oling va shu texnikani barcha tashkil etuvchi va imkoniyatlarini birma-bir internetdan o’qib chiqing, shoshilmang va dangasalik qilmang. Olgan bilimlaringiz asosida, sotuvchi bilan biroz gaplashing va xulosa qiling.

4. O’chgan fayllarni qayta tiklash mumkinmi?
Albatta mumkin, lekin o’chirib yuborganingizdan so’ng, kompyuterga hech qanday fayl yozmang, darhol qayta tiklovchi dasturlarni ishga soling.

5. Windows’ning hamma imkoniyatini qanday ishlatish mumkin?
Buni iloji yo’q, siz bilishingiz kerak bo’lgan narsa, bu Windows qanday imkoniyatlarga ega ekanligi, bu imkoniyatni qanday ishlatish, nimalarga kirishni internetdan bemalol topib olishingiz mumkin.

6. Wi-Fi tarmoqni qanday himoyalash mumkin?
Asosiy usullari: SSID nomni router orqali berkitish, foydalaniladigan qurilmalar mac adresi bo’yicha filterlash, juda murakkab parol o’rnatish, WPS imkoniyatini o’chirib quyish.

7. Notebook’ni qizib ketishidan qanday saqlanish lozim?
Eng asosiy narsa, notebook’ni yumshoq yuzaga(yostiq, ko’rpa,…) aslo qo’ymang, bu yuza havo almashinishiga katta to’siq bo’ladi.

8. Google orqali qanday tez qidirish mumkin?
Qidiruv kalit so’zlarini yaxshi tanlash va qidirish uchun Google yaratgan imkoniyatlardan (https://t.me/planetait/323) foydalanish orqali.

9. Kompyuter tanlashda, qaysi qismiga katta ahamiyat berish lozim?
Nima maqsadda sotib olinishiga qarab, umumiy oladigan bo’lsak: Protsessor, tezkor xotira, plata

10. Internetda anonim bo’lish mumkinmi?
Mumkin, lekin juda kerak bo’lib qolsangiz, aniq topishadi).

Kanalni o’qib borayotkaningiz uchun rahmat, omad!

O’zingiz uchun yaxshi ko‘rgan narsani do’stingizga ham ravo ko‘ring: ? https://t.me/planetait

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek