Qobiliyatni rivojlantirsa bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

Qobiliyatni rivojlantirsa bo’ladimi?

— Ha albatta bo’ladi. Dunyodagi qaysi sohani olmang, uning rivojlanishi asosida ilm turadi. Ilm hosil qilish esa shu soha mutaxassisiga shogird tushish va kitob o’qish bilan bo’ladi.

– O’z sohangizda katta marralarga yetishmoqchi bo’lsangiz, bugundan oldingizga shu sohadagi eng yaxshi kitoblarni topib o’qishni maqsad qilib qo’ying.

– Kitobni boshida o’qishda baʼzi so’zlarga tushunmay hafsalangiz pir bo’lib tashlab qo’ymang. Siz avvalo kitob o’qish ko’nikmasini hosil qiling. Tushunmagan so’zlaringizni tagiga chizib boravering. Keyinroq uning ma’nosi oson chiqib qolganini o’zingiz ham sezmay qolasiz. Bu juda ko’p sinalgan uslub. Uni keyinchalik ustozingizdan yoki internetdan qidirib topaverasiz.

– Asosiy maqsad: kamida sohangizdagi eng yaxshi 5 ta kitobni o’qib chiqing!
Chet tilida bo’lsa, chet tilini o’rganing, sustkashlik qilmang!

P.s. In Shaa ALLOH, shu tartibda 4-5 yilda sizdek mutaxassislar havodek zarur bo’ladi.

Оставьте комментарий