Qo‘l kafti terlashi.

DO`STLARGA ULASHING:

❓Qo‘l kafti terlashi.

?Qo‘l kafti terlashi gipergidrozning alohida holatidir. Qo‘llarning gipegidrozi kasallik emas, balki insonga xos individual holatdir.

?Gipergidrozni davolash deyarli imkonsiz. Kaftimiz terlaganda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

?Salqinlatish. Haddan tashqari issiqlik terlashga sabab bo‘ladi. Xona haroratini kuzatib borish va tez-tez sovuq suvda qo‘lni chayishni odat qilish kerak.

?Ko‘p suyuqlik iching. Tanadagi yetarli namlik qizib ketishdan himoyalaydi.

?Terini parvarishlovchi vositani o‘zgartiring. Yog‘li oziqlantiruvchi kremlar qo‘l terisida plyonka hosil qiladi va bu ventilyatsiyani yomonlashtiradi. Natijada, kaftlar tezroq qiziydi va ko‘proq terlaydi.

?Sodali massaj. Soda pishirish terlashni kamaytirishi va namlikni bug‘lantirishi mumkin. Aralashma retsepti oddiy: 2 osh qoshiq suvga 2 choy qoshiq soda soling. Tayyor massani qo‘lga surib, 5 daqiqa ushlab turing. So‘ng sovuq suvda yuvib tashlang.

Оставьте комментарий