АNGINАNI DАVOLАSh UChUN TАBIIY RETsEPTLАR

DO`STLARGA ULASHING:

АNGINАNI DАVOLАSh UChUN TАBIIY RETsEPTLАR
Аngina (oʼtkir tonzillit) infektsion kasallik boʼlib, asosan sovuq va nam xavo kunlarida tez-tez uchrab turadi. Stafilokokk, streptokokk va pnevmokokk infektsiyalari bu kasallikni keltirib chiqaradi. Аnginaning uch xil – kataral (shilliq pardalarining qizarib yalligʼlanishi), follikulyar va lakunar koʼrinishlari mavjud. Kataral anginada bodomcha bezlar shishgan va qizargan, follikulyarda yiringlagan va lakunar anginada bodomcha bezlar butunlay yiring bilan berkilib qolgan boʼladi.
anginani davolash
Umumiy xolsizlanish, yutinganda tomoq ogʼrishi, tana haroratining koʼtarilishi, bosh ogʼrigʼi bu xastalikning ilk belgilaridir. Аnginaning dastlabki kunlarida asosiy davoga qoʼshimcha sifatida xalq tabobatining quyidagi sinalgan usullaridan foydalanish mumkin.
Qirgʼichdan oʼtkazilgan 1 stakan xom lavlagi ustiga 1 oshqoshiqda sirka (uksus) solib tinitish kerak. Keyin suvini siqib olib, ogʼiz va tomoq chayib turiladi.
Kasallikning birinchi 4 kunida kuniga 4 marta tomoqni 50 ml dan tarvuz suvi bilan gʼargʼara qilish kerak.
Tomoqni anor sharbati bilan chayish ham foyda beradi.
Аngina boshlanishida oʼrtacha kattalikdagi yarimta limonni (iloji boʼlsa parraklab) poʼchogʼi bilan sekin chaynab yeyiladi. 2-3 soatdan keyin qolgan yarmi ham isteʼmol qilinadi, 1 soat oʼtgunga qadar hech narsa yeyilmaydi. Bu muolaja bemor tuzalgunga qadar davom ettiriladi.
Yangi siqib olingan limon sharbatining 100 ml ni 200 ml suv bilan past olovda qaynating. Shu suvni 5 daqiqa oralatib, 1 choy qoshiqdan ichib turiladi.
Yangi siqib olingan limon sharbatining 1 oshqoshigʼini ichib, ustidan moychechakli issiq choyni ichib, oʼranib yoting.
Limonni siqib sharbatini teng miqdordagi suv bilan aralashtirib, soʼng tomoq chayiladi.
Tuzsiz suvda karam barglarini yumshagunicha qaynating, biroz vaqt tursin, soʼng dokada suzing. 200 ml qaynatmaga 3 choy qoshiqda asal solib, kuniga 4 marta ovqat oldidan 100 ml dan ichish kerak. Bu muojala tomoq ogʼrigʼi qolguncha bajariladi.
Qaynatilgan karam suviga moychechak damlamasidan teng miqdorda qoʼshib tomoq chayiladi.
Kartoshka poʼchoqlarini tozalab yuvib, ozroq suvda qaynating. Suv kamayib bugʼ chiqadigan holga kelsin. 10-15 daqiqa shu bugʼdan ogʼiz orqali va burun bilan nafas olib, keyin oʼranib yotish lozim.
Bir dona piyoz va bir dona olmani qirgʼichdan chiqazib, asal qoʼshing, hammasini aralashtirib, kuniga 2 marta 2 choy qoshiqdan isteʼmol qiling.
Qirgʼichdan oʼtkazilgan piyozga teng miqdorda asal qoʼshib aralashtiring, kuniga 3-4 mahal ovqatdan 15-20 daqiqa oldin 1 choy qoshiqdan yeyish kerak. Piyoz boʼtqasi oʼrniga suvi boʼlsa, undan ham yaxshi.
200 ml suvda 3 choyqoshiq maydalangan piyoz poʼchoqlarini qaynatib, 4 soatcha tiniting, keyin shu qaynatma bilan tomoqni chaying.
Bir nechta piyozni mayda qirgʼichdan oʼtqazib, boshni qalin sochiqda berkitib, koʼzni yumib, piyoz hidida 10-15 daqiqa nafas olish kerak. Bu muolajani bir kunda bir necha marta oʼtkazish lozim.
200 ml yangi sabzi suviga 2-3 ta sarimsoq boʼlaklarini qirgʼichdan oʼtkazib qoʼshing. Kuniga shu aralashmadan 2 marta bir piyola miqdorda ovqatdan 40 daqiqa oldin ichiladi va oʼranib yotish lozim.
100 ml qaynoq suvga 100 g maydalangan sarimsoqni solib, yopiq idishda 5 soat tinitish kerak. Suzib olib, iliqligida sekin qultumlab ichish zarur.
Qabul qilinadigan qaynatmalar miqdori (dozasi) bemorning yoshiga qarab taqsimlanadi. Masalan, katta yoshdagilarga belgilangan miqdorning 1 yoshgacha boʼlgan chaqaloqlarga 1/12 -1/8 dozasi, 1 yoshdan 2 yoshgacha 1/8-1/6 dozasi, 3 yoshdan 4 yoshgacha 1/6-1/4 dozasi, 4 yoshdan 7 yoshgacha 1/3 dozasi va 7 yoshdan 14 yoshgacha ½ dozasi beriladi.

18 комментариев к “АNGINАNI DАVOLАSh UChUN TАBIIY RETsEPTLАR”

  1. Уведомление: pansieauguste chaturbate

  2. Уведомление: buy cvv dumps

  3. Уведомление: hho gas generator for sale/47% Fuel-Saving Plug-N-Play HHO Kit HHO generator Hydrogen kits for cars trucks

  4. Уведомление: sex-money-scam.com

  5. Уведомление: Köp Buprenorphine online

  6. Уведомление: just go to

  7. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  8. Уведомление: investing for income

  9. Уведомление: types of passive income

  10. Уведомление: 토토굿게임

  11. Уведомление: buy shroom bars dc map

  12. Уведомление: Psilocybin effect

  13. Уведомление: click to read

  14. Уведомление: https://www.nasze.fm/adserver/www/delivery/ck.php?ct=1&oaparams=2__bannerid=218__zoneid=10__cb=49158de16f__oadest=https://chikymiky.com/

  15. Уведомление: lucky charms strain

  16. Уведомление: situs togel resmi

  17. Уведомление: look at more info

  18. Уведомление: their website

Комментарии закрыты.