Qo‘ylar va itlar

DO`STLARGA ULASHING:

Qarangki, qaysi bir qo‘y podasida
Ochko‘z bo‘rilardan asrash qasdida —
Oshirildi soqchi itlarning soni,
Axir, yo‘q bu ishning yomon tomoni,
Lekin ko‘paydiki Itlar shu qadar —
Endi bo‘rilar-ku solmas xavf-xatar,
Ammo ovqat yeydi Itlar ham axir,
Oldin qo‘ylar yungin g’ajishdi taqir,
Keyin chek tashlashib, terin shilishdi,
Podada endi —
Bor-yo‘qi besh-olti qo‘y qolgan edi —
Ularni ham itlar yeb bitirishdi.

Krilov I.A

Оставьте комментарий