Rich Piananing tarjimai holi

DO`STLARGA ULASHING:

Rich Piana biznesmen, aktyor, bodibilder va ijtimoiy tarmoq yulduzi bo’lgan. U o’zining 130 kgdan ortiq noyob yirik qomati va 60 smli qo’l aylanasi bilan butun dunyoga tanilgan.
Richning sanoqsiz ko’p muxlislari bo’lib, ular unga qoyil qolishar edi. Lekin u o’zining rostgo’y video roliklari uchun katta tanqidga uchradi. Ba’zi bir odamlar steroidlar qabul qilishni ochiq so’zlab berib, juda chuqurlashib ketdi deb hisoblashdi. Bunga qaramay, Rich salbiy mulohazalarga ahamiyat bermay, odamlarga bodibilding hayot tarzidagi ijobiy va mavjud bo’lgan salbiy aspektlarni yoritib berishga intilishiga sodiq qoldi.

Rich Piananing tarjimai holi
Rich Piananing tarjimai holi
Agar sizda natural bo’lib qolish yoki steroid tanlash imkoni bo’lsa, natural bo’lib qoling. Steroidlar qabul qilishga hech qanday sabab yo’q. Siz faqat o’zingiz va organizmingizga zarar keltirasiz.
RICH PIANA
Unvonlari
NPC Mr. California Champion
Boshqa musobaqalar
2009 Sacramento Pro – 1-o’rin Border States Classic XXX Bodybuilding, Fitness & Figure Championships – 1-o’rin Border States Classic XXX Bodybuilding, Fitness & Figure Championships – 1-o’rin
2003 NPC USA Championships – 11-o’rin
1999 NPC USA Championships – 7-o’rin
Rekord og’irliklar
Gorizontal skameykada yotgan holda shtanga ko’tarib-tushirish: 3 takrorlashda 225 kg Shtanga bilan o’tirib-turish: 2 takrorlashda 265 kg Gavdaga tortish: 1 takrorlash bilan 265 kg Shtangani bitseps uchun ko’tarish: 3 takrorlash 125 kg
Bodibilding eng boshidan
Rich 1970 yil 26 sentabr kuni tug’ildi va Kaliforniya – Sanshayn shtatda ulg’aydi. U ilk bor bodibilding bilan 9 yosh bo’lganida tanishdi. U onasi shug’ullanayotganini va keyingi musobaqaga qanday tayyorlanayotganini ko’rish uchun trenajyor zaliga keldi. Shu bilan birga, Richga o’sha vaqtdagi “eski maktab” kul’turisti – Bill Kambraning ta’siri ham bo’ldi.
Rich 11 yoshidan og’ir atletika bilan shug’ullanishni boshladi va 15 yoshida bodibilding bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishni boshladi. Rich 19 yoshida bir qancha unvonlarga ega bo’ldi, ular qatorida “Mister Kaliforniya” ham bor edi. U tahminan ikki o’n yillik davomida musobaqalarda qatnashib, NPC Sacramento Pro 2009 kabi va 2009 yilning ishtirok etuvchi mamlakatlar klassik chempionatlarida g’oliblikni ushlab keldi.
15-16 oktabr 2010 yil bo’lib o’tgan NPC National Bodybuilding, Figure and Bikini chempionati, Hyatt Regency Atlanta, Atlanta, Jorjiya.
Biznes
Rich musobaqalarda ishtirok etishni to’xtatganidan so’ng, u o’z vaqtini biznes va aktyorlik mahoratiga mablag’ini sarflashni boshladi. U bodibilderlar uchun turli shoularшda va reklama roliklarida chiqishni boshladi, shu bilan birga, internetdagi bodibildingga o’z ta’sirini boshladi.
Uning aqlga to’g’ri kelmaydigan qomatining rasmlari va videoroliklari butun dunyodan kuzatuvchilarning butun bir armiyasini chaqirdi va natijada Rich haqiqiy onlayn sensatsiyaga aylandi.
O’z imkoniyatlarini va mashhurligining o’sishini ko’rib, Rich kiyimlar, qo’shimchalar va oziq-ovqat yetkazib berish kompaniyasi kabi bir qancha biznes ochdi.
So’nggi yillarda uning biznesi katta muvaffaqiyatga erishdi va Rich bodibilding industriyasidagi eng yirik arboblardan biri bo’ldi.
Steroid qabul qilishdagi munozaralar
Rich ko’pchilik odamlar uchun taqlid qilish timsoli bo’lgan bo’lishiga qaramay, ba’zi bir odamlar uning juda ham haqqoniy video roliklari uchun tanqid qilishdi. Rich steroid qabul qilganini va u buni 18 yoshdan boshlaganini ko’pincha oshkorona so’zlab berar edi. Tanqidlarga qaramay, Rich yosh bodibilderlarga steroidlar qabul qilishdagi mavjud bo’lgan havfni yetkazib berishni va uning yo’lidan ketmasliklariga maslahat berishni yetkazib qo’yishni zarur deb hisobladi.
Mashg’ulotlar
Rich musobaqalarda ishtirok etayotgan vaqtlarida, u mashg’ulotlar dasturiga jiddiy amal qilishi shart bo’lishi natijasida, sahnaga chiqish uchun eng yaxshi qomatga erishgan.
Rich musobaqalarda ishtirok etmaganida, u o’ziga yoqadigan mashg’ulot bajarishga o’ziga ruhsat berar edi. U jiddiy mashg’ulotlar dasturiga amal qilmay, o’z tanasiga quloq solgan holda mashq qilar edi.
Rich o’z mashg’ulotlarini quyidagicha tushuntirdi:
Men o’z tuyg’uimga suyanib mashq qilishga harakat qilaman. Aytaylik, men keng ushlash bilan tortilyapman, lekin 2-setdan keyin mashg’ulotni va yaxshi pampni his qilmayman, bu holda men yuqori blokni keng ushlash bilan tortaman va sezaman, u juda yaxshi ishlaydi va bu holda men 10 set qilaman!
RICH PIANA
Rich Piananing mashg’ulotlar dasturi
Rich o’zi uchun har hafta yangi dastur ishlab chiqishni yaxshi ko’rar edi.
Dushanba – Orqa:
Gantelni belga bir qo’lda tortish va gantelni belga ikki qo’lda tortish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Orqa del’ta uchun krossoverda qo’llarni ochish – 12+ takrorlash bilan 5 marta
Ko’krakka yuqori blokni tortish – 12+ takrorlash bilan 5 marta
T-grifni belga tortish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Engashgan holda shtangani belga tortish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Seshanba – Ko’krak mushaklari:
Skameykani tepa qismini yuqori qilib qo’yilgan holda shtangani ko’tarib-tushirish – 12 takrorlash bilan 5 marta
Gorizontal skameykada yotgan holda shtanga ko’tarib-tushirish – 12 takrorlash bilan 5 marta
Krossoverda qo’llarni tortish – 16-20 takrorlash bilan 6 marta
Chorshanba – Oyoqlar:
Trenajyorda yotgan holda oyoqlarni bukish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Trenajyorda turgan holda oyoqlarni bukish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Shtangani “deadlift” usulida ko’tarish – 12 takrorlash bilan 5 marta
Trenajyorda o’tirgan holda oyoqlarni tekislash – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Xammer trenajyorida oyoqlarni ko’tarib-tushirish – 12 takrorlash bilan 4 marta
Trenajyorda Gakk o’tirib-turish – 12 takrorlash bilan 5 marta
Payshanba – Yelka va trapetsiya:
Turgan holda gantellarni yon tomonga ko’tarib-tushirish – 12+ takrorlash bilan 5 marta
Trenajyorda o’tirgan holda yelka uchun ko’tarib-tushirish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Engashgan holda gantellarni ko’tarib-tushirish – 12+ takrorlash bilan 5 marta
Shtanga bilan shraglar – 12+ takrorlash bilan 4-6 marta
Gantellar bilan shraglar – 12+ takrorlash bilan 4-6 marta
Juma – Qo’llar kuni:
Pastki blokni ushlagichidan ushlab bir qo’lni bukish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Turgan holda gantellarni bitseps uchun ko’tarish – 12+ takrorlash bilan 5 marta
Bolg’a mashqi – 12+ takrorlash bilan 5 marta
Qiya skameykada bitseps uchun gantellarni ko’tarish – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Tritseps uchun trenajyorda qo’lni tekislash – 12+ takrorlash bilan 4 marta
Yuqori blokda bosh orqasidan qo’lni tekislash – 12 takrorlash bilan 4 marta
Gorizontal skameykada tor ushlash bilan shtanga ko’tarib-tushirish – 10-12 takrorlash bilan 4 marta
Kardio
Rich atletlar a’lo qomatda qolishlari uchun kardio mashqlarning muhimligini tushunsa ham, u bunga amal qilmadi. U yugurish yo’lakchasida yurish o’rniga, og’irlik bilan takrorlashlar orasida qisqa vaqt dam olib ko’tarish mashqg’ulotilarini bajardi.
Sevimli mashqlari
Rich tros va trenajyorlar tarafdori bo’lgan. O’z mashg’ulotlarida u erkin og’irlikka emas, ularga o’z tanlovini bergan. Rich trenajyordagi mashqlar unga ko’roq pamp va qisqarishlar beradi deb hisoblagan, bundan tashqari u, trenajyordagi mashqlar unga erkin og’irlikdagi og’ir mashqlarga qaraganda yaxshiroq natija beradi deb hisoblagan.
Takrorlashlarning ko’p soni kam soniga qarshi
Rich 4-8 takrorlanish diapazonli mashg’ulotlardan ko’ra, takrorlanishlar soni ko’p bo’lganlari, odatda unga yaxshiroq natija berganini aytgan. U o’z dasturini ko’pincha 16 yoki undan ko’proq takrorlash bilan bajarishni tuzgan.
8 soatli qo’l mashg’ulotlari
Richning hayotdagi falsafasidan biri qolgan barchasidan ajralib turar edi va uning 8 soatli qo’l mashg’ulotlari bunga misol bo’la oladi.
Rich o’zining videolaridan birida, o’zining qo’l uchun 8 soat davom etgan mashqini ko’rsatdi va uning tomoshabinlari bundan hayratda qolishdi. Rich bunday mashg’ulot hammaga ham to’g’ri kelmasligini, faqatgina o’zini “imkoniyatlar chegarasi”gacha olib borishga tayyorlar uchun mos kelishini aytdi.
Bu mashg’ulot boshlanishidan ikki soat avval, Rich juda katta porstiya nonushta iste’mol qilgan. Mashg’ulot vaqtida u oddiy shakar, oqsil va sekin ta’sir qiluvchi uglevodlardan tashkil topgan 16 ta protein kokteyilini ichdi. Bu mashg’ulotdan so’ng, u katta portsiyadagi ovqatni iste’mol qilishga va 2 kun dam olishga tayyor edi.
1 mashg’ulot:
10 ta qaytarishdan 4 marta – tritseps uchun yotgan holda fransuzcha ko’tarib-tushirish
10 ta qaytarishdan 4 marta – turgan holda shtangani bitseps uchun ko’tarish
2 mashg’ulot:
15 ta qaytarishdan 4 marta – triteps uchun turgan holda bir qo’lni ochish
15 ta qaytarishdan 4 marta – “bolg’a“ ushlash bilan bitseps uchun gantellarni ko’tarish
Rich bu 2 mashg’ulotlarni ketma-ket 30 minut davomida bajargan, ozgina dam olganidan so’ng va protein kokteylni ichib olgandan keyin, undan keyingi mini-mashg’ulotga o’tib, u mashg’ulotlar ham 30 minut davom etgan. Undan so’ng u siklni qaytarib, sakkiz soatlik davrda 16 mini-mashg’ulotni bajarib bo’lmagunicha qaytargan.
Mening qo’llarim va ko’kragim men uchun doim eng qiyini bo’lgan! Men 32 yil davomida o’z qo’llarimga qattiq berilganman! Men ularni hajmini oshirish uchun hamma narsa qildim. Men 2 yil davomida har kuni uyqudan oldin qo’llarim uchun mini-mashg’ulot bajardim. Haftada ikki marta qo’llarim uchun to’liq mashg’ulot qilish uchun trenajyor zaliga bordim va qayta tiklanishi uchun haftada 3 marta qo’llarimga massaj oldim! Men orqa va oyoqlarimga ishlov berishni haqiqatda ham 3 yil to’htatdim, chunki men katta orqa va oyoqlarim keng va ko’krak va qo’limni nozikligini juda ham yomon ko’rar edim!
RICH PIANA
Ovqatlanish
O’z mashg’ulotlari qatorida, Rich har kunlik bir hil parhezga amal qilmadi. U “Bodibilding bo’yicha musobaqalarda ishtirok etishni to’htatganimdan so’ng, men hech qachon ovqatlanish/parhezga jiddiy yondashadim” deb aytdi.
Rich kuniga 10 yoki undan ko’p marotaba ovqatlanib, o’zini qiynashni umuman yoqtirmaydi. Buning o’rniga, u organizmi istagan taomdan rohatlangan. Shu bilan birga, u taom tanloviga katta e’tibor qaratdi. U asosan sog’lom va oziuqaivy taomlarni iste’mol qildi va shu bilan birga doimo chitmil qilib turdi.
Qo’shimchalar
Rich tabiiy taomlar tarafdori bo’lib, shuning uchun ham u tabiiy oziq-ovqat mahsulotlari asosidagi mahsulotlarni sotuvchi kompaniya tashkil etdi.
U standart zardobli protein qabul qilmagan, uning o’rniga u kukunsimon shirin kartoshka, chernika va shunga o’hshashdan tashkil topgan o’z kokteylini tayyorlab, uni mashg’ulotlardan keyin iste’mol qilgan.
Kun davomida Rich BCAA (o’z kompaniyasining mahsuloti) qabul qilib, u mushaklarini qayta tiklanishiga yordam bergan.
Qahramonlar va ularning ta’siri
Richning bodibildingi va hayotiga hammadan ham ko’rpoq uning onasi ta’sir ko’rsatgan. U har kuni onasining trenajyor zalidagi mashg’ulotlarini kuzatdi, ruhlandi, u ham bir kun kelib onasidek bodibilder bo’lishni, boshqa professional atletlar bilan bir sahnada musobaqalasha oladigan bo’lishini orzu qildi.
Rich o’zining hayotiga ta’sir ko’rsatgan boshqa odamlarni eslab, shudnay dedi:
6 yoshimdan kuzatgan Golds Gymdagi barcha monstrlar! Lekin hammasidan ham ko’proq, menga hozirgi kunda ham aloqa saqlab kelayotgan Bill Kambra o’z ta’sirini o’tkazgan
RICH PIANA
Qisqa yo’l yo’q. Bodibilder bo’lish – bu mashaqqatli ish. Agar siz og’ir ish bajarishga tayyor bo’lmasangiz, demak, bu sport siz uchun emas. Siz bu ishni yaxshi ko’rishingiz shart. Agar siz uni yaxshi ko’rsangiz, siz o’z maqsadingizga erishasiz.
RICH PIANA
Xotima
Ko’p yillar davomida Rich Piana katta muvaffaqiyatlarda erishgan inson – u professional kul’turist, aktyor, tadbirkor va ijtimoiy tarmoqlarda yulduz bo’ldi.
U ba’zi bir odamlarning uning haqqoniyligi va ochiqligiga salbiy izohlar va tanqidlar berib, uni chalg’itishiga qaramay, buning hammasiga erishdi.
Richdan nimani o’rganishimiz mumkin? – omadga erishish uchun, boshqalar yurgan yo’ldan yurish kerak emas. Siz ehtimol sizning hayot yo’lingizdagi nuqtai nazaringiz bilan rozi bo’lmaydigan odamlarga duch kelarsiz, lekin bu sizning omadli inson bo’lsihingizning bir qismidir.
O’z orzularingziga sodiq qoling va hech kimga sizni yo’lingizdan chalg’itishiga ruhsat bermang. Bu o’z maqsadingizni amalga oshirish usullaridan biridir, huddi Rich Piana qilganidek.
Bir necha kun koma holatida bo’lib va hayot uchun kurashib, 25 avgust, 2017 yilda Rich dunyodan ko’z yumdi.

18 комментариев к “Rich Piananing tarjimai holi”

  1. Уведомление: ดูหนังเอวี

  2. Уведомление: Buy Guns Online

  3. Уведомление: เพื่อนแท้เงินด่วน กรุงเทพ

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: 토토휴게소

  6. Уведомление: 토토세콤

  7. Уведомление: third wave mushroom microdosing

  8. Уведомление: male enhancement pill

  9. Уведомление: Going Here

  10. Уведомление: therapist bergen county

  11. Уведомление: about his

  12. Уведомление: one up mushroom bar mold

  13. Уведомление: mario 1up

  14. Уведомление: Buy Psychedelics Australia

  15. Уведомление: drug called molly is,

  16. Уведомление: Kampala International University

  17. Уведомление: situs togel terbesar

  18. Уведомление: more info here

Комментарии закрыты.